Bayram kunlari Toshkent metrosi qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi

E’lon qilingan sana· 1 115
Bayram kunlari Toshkent metrosi qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi

“Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati metro bayram kunlari qay tartibdi ishlashini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 31-dekabr, yakshanba — dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa 1 soatga uzaytiriladi. Ya’ni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida (2023-yil 30-dekabr, 2024-yil 1−2-yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

Avvalroq bayram kunlari Toshkentda avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanishi haqida xabar berilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ