“Yigit so‘zi” (“Слово пацана”) seriali saundtreki o‘zbekcha talqinlarda — video

Oxirgi oylarda MDH davlatlari, xususan O‘zbekistonda Rossiyada ishlangan “Слово пацана” (“Yigit so‘zi”) filmi muhokamada bo‘lib turibdi. Serialning o‘zi haqida avvalroq yozgandik. Uning saundtreki — Aigel ijrosidagi “Пыяла” qo‘shig‘i ham serial ortida mashhurlikka erishdi. Aslida Aigel bu trekni bir yil avval, 2022-yilda e’lon qilgan.
Yandex.musiqa striming servisi chartlariga qaraydigan bo‘lsak, “Пыяла” O‘zbekistonda trenddagi qo‘shiqlar ichida birinchi bo‘lib turibdi. Qo‘shiq matni tatarchada, o‘zbekchaga yaqin. Ammo o‘zbekistonlik boshqa ijodkorlar, xususan Munisa Rizayeva, Ruxsora Emm va Sherzod Ergashevlar uni “o‘zbekchalashtirdi”.
Munisa Rizayeva
Xonanda “Пыяла"ning matnini o‘zgartirmagan, tatarchada ijro etgan, ammo uslub, instrumentlar boshqa. Kaver musiqasi musiqiy prodyuser Alinur Rashidov tomonidan yaratilgan.
Ruxsora Emm
Sherzod Ergashev
Sherzod Ergashevda esa musiqa o‘zbekcha!