OXYmed Go: OXYmed dorixonalar tarmog‘i onlayn buyurtma xizmatini ishga tushirdi

E’lon qilingan sana· 198
OXYmed Go: OXYmed dorixonalar tarmog‘i onlayn buyurtma xizmatini ishga tushirdi

Endilikda OXYmed dorixona tarmog‘i xaridorlari kerakli dori-darmonlarni OXYmed Go saytida onlayn buyurtma qilib, uygacha yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Onlayn dorixona dori-darmonlarni sotib olishning yangi va qulay usullaridan biridir. Inson o‘zi yoki yaqin insoni turli xil kasalliklarga duch kelgan paytda, masalan, turli xil og‘riqlar (tish, bosh va bo‘g‘im og‘rig‘lari), yuqori tana harorati, migren va hokazo, kerakli dori-darmonlarni qidirishda o‘nlab dorixonalarni chetlab o‘tishi kerak bo‘ladi. Agar ob-havo yomon bo‘lsa, bundan tashqari, yosh bola yoki keksa yoshdagi insin kasal bo‘lsa, dori uchun ko‘chaga chiqish yanada qiyinlashadi. Bunday vaziyatda inson yaqinlarini tark etishni xohlamaydi.

Bunday vaziyatda onlayn dorixona muammoni tezda hal qilish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda u ajralmas yordamchi va maslahatchidir. OXYmed Go onlayn dorixonasi bir qancha afzalliklarni namoyish etadi.

Qulaylik

Xizmat qulay va hamyonbop. OXYmed Go onlayn dorixona saytiga kunning istalgan vaqtida uyingiz yoki ofisdan chiqmasdan osongina kirishingiz mumkin. Bu esa band odamlar, keksalar yoki dorixonalarga mustaqil ravishda tashrif buyurish imkoniyati cheklanganlar uchun qulaydir. Endilikda O‘zbekiston bo‘ylab 120 dan ortiq OXYmed filiallarining barchasini endi bitta saytda topish mumkin.

Keng tanlov

Mahsulotlarning keng assortimentiga ham e’tibor qaratgan ma’qul. OXYmed Go onlayn dorixonasida iste’molchi ehtiyojini qondiradigan tanlov bir joyda jamlangan. Bundan tashqari, OXYmed Go onlayn dorixonasida dori-darmonlar haqida barcha kerakli ma’lumotlar mavjud, bu esa tanlovni ongli ravishda ko‘rib chiqishga imkon beradi.

Yetkazib berish xizmati

Buyurtmangizni tez yetkazib berish — OXYmed Go onlayn dorixonasining yana bir asosiy afzalligi. Servis kuryeri sizga dori-darmonlarni saqlash sharoitlarini buzmagan holda qisqa vaqt ichida buyurtmani yetkazib beradi.

Siz servis orqali O‘zbekiston “Dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reyestri"dan o‘tgan hamda sifatli dori-darmonlarni sotib olganingizga amin bo‘lishingiz mumkin, bu sog‘lig‘ingizni soxta dori-darmonlardan himoya qilish imkonini beradi.

Dori-darmonlarga buyurtmani havola orqali berish mumkin. Yetkazib berish vaqtini qisqartirish uchun sayt xaridor turgan joyga yaqinroq bo‘lgan dorixonani tanlaydi.

Buyurtmani olganingizdan so‘ng esa siz OXYmed xodimlariga o‘z istaklaringiz, takliflaringiz yoki tavsiyangizni qoldirishingiz mumkin. Shu tariqa OXYmed guruhi xizmatlarini yanada yaxshilay olishadi va iste’molchilarga yaqinroq bo‘la oladi.

Sog‘liq uchun g‘amxo‘rlik qilish qiyin bo‘lmasligi kerak. OXYmed Go onlayn dorixonasidan foydalanib buning osonligiga o‘zingiz amin bo‘lishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumotni, hamda boshqa savollarga javoblarni servis Telegram-boti orqali olishingiz mumkin.

Kompaniya so‘nggi yangiliklarini OXYmed va OXYmed Go Instagram sahifalarida kuzatib borish mumkin.

Telefon: (+998) 71−200−03−03.

Sayt: oxymed.uz

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ