Bu yil ham Yangi yil bayrami qorsiz oʻtadi

E’lon qilingan sana· 782
Bu yil ham Yangi yil bayrami qorsiz oʻtadi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, bu yil ham O‘zbekiston aholisi Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi.

29-dekabr kuni respublika hududiga sovuq va nam havo kirib keladi. Ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) boshlandi.

Toshkent shahrida 29-dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12−15 m/s gacha kuchayadi. Kunning ikkinchi yarmida harorat 0…+2 darajagacha pasayadi.

30−31-dekabr va 1−2-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 30-dekabrda kechasi −1…−3 daraja, kunduzi +4…+6 daraja, 31-dekabr va 1−2-yanvarda kechalari −3…+2 daraja bo‘ladi, 31-dekabr va 1-yanvarda kunduz kunlari +11…+13 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi, 2-yanvarda +7…+9 daraja bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ