Yangi vivo V29 sovuq mavsumda ishonchli smartfon boʻlishi mumkin

E’lon qilingan sana· 632
Yangi vivo V29 sovuq mavsumda ishonchli smartfon boʻlishi mumkin

Qish — yilning ajoyib vaqti, moʻjizalar va bayramona muhitga toʻla fasl. Bundan tashqari, ushbu mavsum bizga sovuq, qor va biroz noqulay boʻlgan ob-havo sharoitlarini ham olib keladi.

Bunday paytlarda qish faslida hech qanday muammosiz omon qolishga yordam beruvchi ishonchli va funksional gadjetga ega boʻlish juda muhimdir. vivo brendi vakillari vivo V29 smartfoni nega sovuq mavsum uchun ideal tanlov ekanligi tushuntirib berishdi.

Ishonchli batareya

Koʻpchilik oʻz tajribasidan biladiki, sovuqda smartfon quvvati tezroq tushib boradi, muzlay boshlaydi yoki butunlay oʻchib qoladi.

Zamonaviy batareyalar litiy-ion va litiy-polimer turlarida mavjud. Haroratning pasayishi bilan litiy ionlarining elektrolitlar (oqim oʻtishiga imkon beruvchi modda) orqali oʻtkazuvchanligi pasayadi. Shuning uchun kerakli kuchlanishni saqlab qolish uchun koʻproq batareya resurslari sarflanadi. Shu bilan birga, litiy-polimer batareyalari sovuqqa bardosh bera oladi va ular hozirda vivo brendining barcha yangi mahsulotlarida, shu jumladan V29 modelida ham foydalanilmoqda.

Sovuqda tez quvvat tushishi yana qaysi omillarga bogʻliq:

  • korpus materiali;
  • batareya hajmi — qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik sekinroq muzlaydi.

V29 sovuqqa yaxshi bardosh beradi. Smartfon 95% nisbiy namlikda -20 dan 50 Selsiy bo‘yicha daraja gacha boʻlgan harorat farqi bilan sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi. 4600 mAh quvvatga ega yaxshilangan akkumulyator va polimer ramkali shisha korpus esa issiqlikni uzoqroq saqlashga yordam beradi.

Koʻchada smartfondan qanday foydalangan ma’qul

Gadjetni choʻntagingizda tanangizga yaqin joyda saqlang va unga gʻilof qoʻying. V29 toʻplami silicon gʻilofni oʻz ichiga oladi, shuning uchun uni sotib olishingiz shart emas Agar smartfoningiz tashqarida hamon quvvati tugasa, 80 W quvvatga ega FlashCharge texnologiyasi yordam beradi. Uning yordami bilan V29 atigi 18 daqiqada 0% dan 50% gacha quvvatlanadi.

Quvvatlashdan oldin, qurilmani xona haroratiga mos haroratda boʻlishini ta’minlash maqul. Lekin uni radiator yoki isitgichga qoʻyish kerak emas: aks holda ichida kondensatsiya hosil boʻladi, bu esa shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Namlik va changdan himoya

V29 smartfoni IP54 suv va chang chidamliligiga ega bo‘lib, u turli ob-havo sharoitlariga, jumladan, qor va yomg‘irga chidamliroqdir. Agar smartfoningizga suv tushsa, uni quruq matoda artishning oʻzi kifoya.

IP54 standart raqamlari nimani anglatadi:

  • 5 — chang ichiga kirishi mumkin, ammo bu qurilmaning ishlashiga ta’sir qilmaydi;
  • 4 — har qanday burchakdan tushishi mumkin boʻlgan suv tomchilaridan himoya.

Shunday qilib, agar siz kuchli qor yogʻingarchiligida qolsangiz yoki smartfoningizni qorga tashlasangiz, hech narsa boʻlmaydi. Lekin gadjetni suvga botirmaslik kerak.

Agar siz toʻsatdan muz ustida sirpanib, qurilmani qoʻlingizdan tushursangiz, hech nima boʻlmaydi: V29 modeli 100 dan ortiq tushirish sinovlaridan oʻtgan.

Ultra sezgir sensorli kamera

Qishda juda tez qorongʻi tushadi va fotosuratlar uchun kunduzgi yorugʻlikni olish deyarli imkonsiz boʻladi. Yangi yil ham tunda nishonlanadi. Hech boʻlmaganda esda qolarli fotosuratlarni olish uchun siz chiroqcha bilan suratga olishingiz kerak. Bunday kadrlar ba’zan haddan tashqari yorug' boʻlib chiqadi.

V29 kamerasi bilan siz qishda suratlaringiz sifati haqida qayg‘urmasligingiz kerak: siz hatto kam yorug‘lik sharoitida ham yoki qor yog‘ishida ham suratga olishingiz mumkin.

Kameraning quyidagi ilgʻor xususiyatlari tufayli yangi yil kechasida ajoyib surat olish endi yanada oson:

  • tungi rejim — aqlli algoritm turli xil ekspozitsiyali kadrlarni bitta tasvirga birlashtiradi, shovqinni kamaytiradi va detallarni saqlaydi, fotosuratlarni aniq va yorqin qiladi;
  • yuqori sezgir ISOCELL GN5 sensori — koʻproq yorugʻlik uzatadi va tezroq focus oladi. Bunga qoʻshimcha ravishda, qoʻllaringizdagi silkinish natijasida xira fotosuratlarning oldini olish uchun optik tasvir barqarorligi oʻrnatilgan;
  • Aura Light 2.0 portret tizimi — yorqinlikni avtomatik ravishda so‘zlaydi va teri ohangini muloyimlik bilan yoritadi. Harorat avtomatik va qoʻlda sozlanadi.

V29 modelini xarid qilish uchun rasmiy vivo onlayn-doʻkoniga tashrif buyurish mumkin. “00639-SMARTFON” promo-kodidan foydalanib, dekabr oyi oxirigacha V29 12/256 GB modeli uchun 300 000 so‘m chegirmaga ega bo‘lish imkoniyati bor.

Instagram: @vivo_uzbekistan

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ