O‘zbekistonda hafta davomida havo iliq bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 669
O‘zbekistonda hafta davomida havo iliq bo‘ladi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, chorshanba va payshanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha iliq ob-havo saqlanib turadi.

3-yanvar kuni havo harorati +8…+13 darajani tashkil etadi, 4-yanvar kuni +12…+15 darajagacha biroz ko‘tariladi. Kechalari termometr ustuni 0 daraja atrofida bo‘ladi.

Payshanba kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, kunduzi va kechqurun ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-yanvar, juma kuni O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5-yanvarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat chorshanba kunduzi +10…+12 daraja, 4-yanvarda kechasi 0…+2 daraja bo‘ladi. Kunduzi havo +13…+15 darajagacha isiydi, 5-yanvarda kechasi +2…+4 daraja bo‘ladi, kunduzi +11…+13 darajagacha biroz pasayadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ