Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor yog‘adi

E’lon qilingan sana· 100
Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor yog‘adi

O‘zbekiston hududiga o‘tgan kechasi sovuq havo massalari kirib kelishi boshlandi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Toshkentda 16-fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 10−12 m/s gacha kuchayadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Bugun kunduzi harorat 0−3 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari kechalari 3−5 gradus sovuq, kunduz kunlari 1daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayishi 28 m/s ga yetdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati shimolida havo harorati ertalab −11…−17 daraja sovuqqacha pasaydi.

Bugun sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Kun davomida hududning katta qismida harorat 0−5 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda, shimolda harorat 3−8 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari kechalari harorat 3−8 gradus sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 5 gradus iliqqacha bo‘ladi. Shimolda harorat kechalari 11−16 daraja sovuq, 3−8 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun kunduzi yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, yomg‘ir qorga aylanadi. Dam olish kunlari Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Shamol shimoli-sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 16−17-fevralda ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 16 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ