Bugun ham O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi

E’lon qilingan sana· 112
Bugun ham O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi

O‘zgidromet axborotiga ko‘ra, 19-fevral kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida qor yog‘adi, tuman tushadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 gradus sovuq -2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkentda ham vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0−2 daraja sovuq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4−9 daraja sovuq bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ