O‘zbekistonda 2024-yil yozi odatdagidek bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 576
O‘zbekistonda 2024-yil yozi odatdagidek bo‘ladi

2024-yilda O‘zbekistonni kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz kutayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zgidromet xabarlarni rad etib, 2024-yil yozi odatdagidek bo‘lishini xabar qildi.

Qayd etilishicha, hozirda kuzatilayotgan El-Nino tabiiy hodisasi 2024-yilning apreligacha davom etadi. Ushbu hodisa 10 ta raqamli iqlim modellari hisob-kitoblarining o‘rtacha natijasi hisoblanadi. Keyinchalik, ilmiy asoslarga ko‘ra, O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli (Toshkentda havo harorati +40 darajagacha), quruq kuz va sovuq qish bilan tavsiflangan La-Ninya jarayoni rivojlana boshlaydi. Quruq kuz, ya’ni yog‘ingarchilik miqdori me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zgidrometning ta’kidlashicha, issiq yoz — O‘zbekiston iqlimi uchun tez-tez uchraydigan hodisa. Janub va cho‘l hududlarida +40…+45 darajagacha, qolgan hududlarda esa +40…+42 darajagacha issiq bo‘ladi. Eng issiq havo yoz oyida odatda 5−7 kun davom etadigan termal tushkunlik bilan bog‘liq va bunday holat 2−3 marotaba kuzatiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda 19−23-fevral kunlari sovuq ob-havo saqlanib turishi xabar qilingandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ