Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati me’yordan 3−5 darajaga past bo‘lgan nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

23-fevralda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechalari −5…−0 darajagacha sovuq tushishi mumkin. 24−25-fevralda harorat 0…+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shimolda kechalari 12 darajagacha sovishi, kunduzi 0…+5 daraja iliq bo‘lishi mumkin.

24−25-fevral kunlari respublikaning ko‘pchilik hududlarida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 24−25-fevralda 15−18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.