Toshkentda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining tantanali piyoda yurishlari boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 279
Toshkentda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining tantanali piyoda yurishlari boʻlib oʻtadi

Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida 20-aprel kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurishlari tashkil etiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi (Mustaqillik ko‘chasi) — Amir Temur xiyoboni — Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti (Temiryo‘lchilar ko‘chasi) — Toshkent markaziy EKO bog‘i (“EKO” park, Maxtumquli ko‘chasi) — Toshkent Markaziy bog‘i (Hamidulla Oripov ko‘chasi) — Qurolli Kuchlar akademiyasi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanish davomida harbiy xizmatchilarning bo‘linma tarkibida, orkestr sadolari ostida, saf qo‘shiqlarini ijro qilgan holda tantanali piyoda yurishlari rejalashtirilgan.

Tantanali ravishda piyoda yurayotgan harbiy boʻlinmalarning toʻxtash nuqtalarida, yaʼni Amir Temur xiyoboni hamda Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti hududi maydonida harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi va Faxriy qorovul jamoasining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmaning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Harbiy boʻlinmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari soat 12:00 da Qurolli Kuchlar akademiyasi asosiy darvozasidan boshlanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ