Oʻzbekistonliklarga Ozarbayjonga ID bilan kirishga ruxsat berilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 233
Oʻzbekistonliklarga Ozarbayjonga ID bilan kirishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekiston va Ozarbayjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari o‘rtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan o‘tish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokama qilindi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Tomonlar bu o‘zgarishni fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

ID kartalardan foydalanish O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi. Bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, hozirda oʻzbekistonliklar Qirgʻiziston va Qozogʻiston hududiga ID karta bilan kirishi mumkin.