Skver yaqinida 53 qavatgacha bo‘lgan ikki minorali osmono‘par bino qurilishi rejalashtirilmoqda

E’lon qilingan sana· 71
Skver yaqinida 53 qavatgacha bo‘lgan ikki minorali osmono‘par bino qurilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent markazida yangi me’moriy loyiha paydo bo‘lishi kutilmoqda — elektronika ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan Foton kompaniyasi tomonidan taklif etilgan ikki minorali turar-joy osmono‘par binosi qurilishi rejalashtirilmoqda. Loyiha 16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning poytaxt jamoat transporti va infratuzilmasini rivojlantirish rejalari bilan tanishishi chog‘ida taqdim etilgan edi.

“Oʻzbekiston 24” telekanali xabariga koʻra, loyiha qiymati 175 million dollarga baholanmoqda. Qurilish Sharof Rashidov mahallasida amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu mahalla Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining bosh rejasiga muvofiq obodonlashtirish hududiga kiritilgan.

Loyihaga koʻra, majmua quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 6 000 ga yaqin aholiga moʻljallangan 1 500 ta kvartira;
  • Ikki minoraning balandligi 53 qavatga yetadi.

Loyiha allaqachon 8 ballgacha seysmik qarshilik, gidrogeologik sharoit va yongʻin xavfsizligi boʻyicha ijobiy xulosalar olgan. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Sharqshunoslik universiteti yaqinida 180 million dollarlik turar-joy majmuasi qurilishi mumkin

4 gektar maydonda 10 ta bino quriladi - ularning eng balandi 30 qavatgacha ko‘tariladi.

Magic City ro‘parasida 2304 xonadondan iborat yangi kvartal quriladi

Loyihaga koʻra, ular taxminan 9200 kishini sigʻdira oladi, eng baland bino esa 30 qavatga etadi.