Sharqshunoslik universiteti yaqinida 180 million dollarlik turar-joy majmuasi qurilishi mumkin

Poytaxt markazida, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yonida yirik turar-joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 180 million dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston 24” telekanali.
Loyiha Mingo‘rik mahallasi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining bosh reja saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, mahalla hududining bir qismi konservatsiya zonasiga (universitet joylashgan joy) kiradi, kichik qismi esa rekonstruksiya zonasiga tegishli.
4 gektar maydonda 10 ta bino quriladi, jumladan:
- 1 371 xonadon (~5 486 istiqomat qiluvchilar uchun);
- Eng baland bino 30 qavatdan iborat boʻladi.
Shuningdek, turar-joy majmuasi hududida quyidagilar ham qurilishi rejalashtirilgan:
- 540 oʻrinli bolalar bogʻchasi;
- 1 200 oʻquvchiga moʻljallangan maktab;
- 3 000 kishigacha ishlashi mumkin bo‘lgan 60 000 kv.m xizmat ko‘rsatish obyektlari.
Loyiha seysmik qarshilik (8 ballgacha), gidrogeologiya, sanitariya me’yorlari va yongʻin xavfsizligi boʻyicha barcha zarur xulosalarga ega.
Skver yaqinida 53 qavatgacha bo‘lgan ikki minorali osmono‘par bino qurilishi rejalashtirilmoqda
Uning joriy rejalashtirish bosqichidagi qiymati 175 million dollarga baholanmoqda.
Magic City ro‘parasida 2304 xonadondan iborat yangi kvartal quriladi
Loyihaga koʻra, ular taxminan 9200 kishini sigʻdira oladi, eng baland bino esa 30 qavatga etadi.