Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi olti oyda 10 foizga oshdi

E’lon qilingan sana· 179
Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi olti oyda 10 foizga oshdi

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropoliteni 145,4 million yo‘lovchini tashdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 million yoki 10,8 foizga koʻp hisoblanadi.

Avvalroq Toshkent metropoliteni TTZgacha uzaytirilishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, bu loyiha 2026-yilning oxirigacha qurib bitkazilishi rejalashtirilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling