Statistika: Oʻzbekistandagi oʻrtacha nikoh yoshi nechi yosh etib belgilandi?

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO bo‘limlarida mamlakat bo‘yicha jami 95 275 ta nikoh qayd etilgan.
Mazkur nikohlar kesimida erkaklar va ayollarning yosh toifalari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha shakllangan:
Erkaklar:
- 20 yoshgacha — 1,4%
- 20−30 yosh —79,3%
- 31−40 yosh — 13,2%
- 41 yosh va undan kattalar —6,1%
Ayollar:
- 20 yoshgacha — 34,0%
- 20−30 yosh — 54,2%
- 31−40 — 9,1%
- 41 yosh va undan kattalar — 2,7%
Avvalroq Oʻzbekistonda viloyatlar kesimida nokohlar soni va Oʻzbekistonda asosan necha yoshdagilar farzand koʻrayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha umr koʻrish yoshi 75 dan oshgani ma’lum boʻlgandi.
Statistika: Oʻzbekistonda 2025-yilda qancha nikoh qayd etilgan?
Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-iyun oylarida oylarida FHDYO organlarida 95,3 mingta hikoh qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Statistika: Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha umr koʻrish yoshi 75 dan oshdi
2024-yilda Oʻzbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi.
Statistika: Oʻzbekistonda asosan necha yoshdagilar farzand koʻrmoqda?
Oʻzbekiston boʻylab FHDYO organlarida 2024-yilda jami 135 914 ta tug‘ilish holati qayd etilgan. Bu haqda Statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.