Foto: Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi restavratsiya qilindi

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi restavratsiyadan so‘ng qayta ochildi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu uy 1968-yilda musavvirning o‘zi tomonidan qurilgan bo‘lib, uning o‘z qo‘llari bilan yaratilgan interyer qismlarini saqlab qolgan.
Ma’lumot uchun, 1981-yilda ushbu joyda memorial muzey ochilib, keyinchalik yirik mato suratlar uchun galereya bilan to‘ldirilgan. Uning yangilanishida 1960−1970 yillar muhitini saqlab qolishga katta ahamiyat berildi.
Ekspozitsiya rassomning Davlat san’at muzeyi va Savitskiy muzeyi kolleksiyalaridagi dastlabki asarlari bilan boyitilgan. 1-qavatda fotosuratlar, arxivlar va ijod bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan didaktik hudud joylashgan.
Shuningdek, fransuz va mahalliy restavratorlar tomonidan 40 dan ortiq asarlar restavratsiya qilingan.
Hozirda Tasviriy san’at galereyasida Oʻrol Tansiqboyevning 120 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazma boʻlib oʻtmoqda. Avvalroq Afisha.uz ushbu koʻrgazmadan fotoreportaj tayyorlagandi.
Foto: O‘rol Tansiqboyev tavalludning 120 yilligiga bagʻishlangan ko‘rgazmasi ochildi
Afisha.uz fotosuratchisi O‘rol Tansiqboyev tavalludning 120 yilligiga bagʻishlangan ko‘rgazmasiga bordi va reportaj tayyorladi.
O‘rol Tansiqboyev tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma
Ko‘rgazma ikki mamlakat ko‘rgazma loyihasining davomi bo‘lib, unda O‘zbekiston va Qozog‘istonning eng yirik muzeylaridan 124 ta asar hamda xorijda ilgari hech qachon namoyish etilmagan noyob suratlar namoyish etiladi.
Muxtor Ashrafiy va O‘rol Tansiqboyev uy-muzeylari vaqtincha yopildi
Muxtor Ashrafiy va O‘rol Tansiqboyev uy-muzeylari ta’mirlash uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Abdulla Qodiriydan Sergey Yeseningacha: Toshkentdagi uy-muzeylari
Toshkent shahri juda koʻplab ijodkorlar uchun oʻz bagʻridan joy bergan. Ular Oʻzbekiston poytaxtida yashagan va ijod qilgan. Keyinchalik ijodkorlar istiqomat qilgan joylar uy-muzeylariga aylantirilgan. Afisha.uz ushbu toʻplamda Toshkentdagi 10 ta uy-muzeyi haqida ma'lumot beradi.