Foto: Shota Rustaveli koʻchasida maxsus avtobus yoʻlagi sinovdan oʻtkazilmoqda

Shota Rustaveli ko‘chasi markazida Toshkentning birinchi maxsus avtobus yo‘lagi ochildi. 7-oktabr kuni uchta avtobus yo‘nalishi — 38, 57 va 58-sonli avtobuslar harakati sinovdan o‘tkazildi.
Ushbu koʻchada piyodalar va haydovchilar uchun yoʻl harakati qoidalari avvalroq e’lon qilingan edi.
Yo‘lovchilar avtobusga chiqish uchun ko‘chaning yarmini piyodalar o‘tish joyidan avtobus bekatigacha kesib o‘tishlari kerak.
Avtobuslardan tashqari, ajratilgan yo‘lak bo‘ylab tez yordam mashinalari harakatlanadi.
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Piyodalar yoʻlagi va yoʻl oʻrtasida velosipedlar uchun maxsus yoʻl paydo boʻldi, u velosipedchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qatnov qismidan balandroq qilib qurilgan.
Velosiped yoʻli faqat velosipedchilar uchun moʻljallangan, piyodalar uchun keng piyodalar yoʻlakchasi mavjud.
Yangi velosiped yoʻli skuterdan foydalanish uchun ham mos keladi, ammo yoʻl harakati qoidalariga rioya qilgan holda.
Velosipedchilar xavfsizligi uchun velosiped yo‘llari yaqinidagi chorrahalarda qulay balandliklarda qo‘shimcha svetoforlar o‘rnatildi.
Fotomuxbirimiz yangi avtobus yo‘lagi sinov tariqasida ishga tushirilgan kundagi ko‘rinishini va rekonstruksiya qilingan ko‘chaning boshqa tafsilotlarini taqdim qildi.
