Toshkentda umumiy hisobda 1 200 ta yangi avtobus olib kelish rejalashtirilgan

Toshkentga 2025-yil oktabrida 200 ta yangi elektrobus, 2026-yilda esa yana 1000 ta yangi avtobuslar olib kelinadi. Bu haqda Transport vazirligi senator soʻrovga javoban taqdim etgan ma’lumotda ilova qilingan.
Qayd etilishicha, Toshkent atrofidagi hududlarni jamoat transporti xizmati bilan qamrab olish maqsadida oktabr oyida 200 dona yangi elekrtobus (12 metrli) xarid qilishi belgilangan. Shuningdek, 4 ta yangi avtobus yoʻnalishi tashkil etilib, amaldagi 6 ta yoʻnalish qatnov yoʻlini oʻzgartirish hamda amaldagi 4 ta yoʻnalish jadvallari sonini oshirish koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatida tashkil etilgan 467, 470, 472, 473, 477-sonli avtobus yo‘nalishlarini brutto-shartnomasi asosida harakatlanuvchi Toshkent shahri yo‘nalishlari hisobiga o‘tkaziladi.

Toshkenr shahri uchun 2026-yil qoʻshimcha 1 000 ta yangi zamonaviy avtobus olib kelinishi belgilangan. Toshkent shahri va aglomeratsiya hududlarini qamrab olish hamda aholiga qulay jamoat trasortida xizmart koʻrsatish maqsadida:
- 30 ta o‘ta katta sig‘imli (18 metr);
- 500 ta katta sig‘imli (12 metr);
- 470 ta o‘rta sig‘imli (9 metr) avtobus va elektrobuslarni xarid qilish belgilangan.
Bunda, Toshkent shahri yo‘nalishlari tarmog‘i, aholi punktlari va yangi turar joy obyektlaridan kelib chiqqan holda mazkur avtobuslar 48 ta yo‘nalishda brutto-shartnoma asosida harakatlanishi ta’minlanadi.
Vazirlikning qayd etishicha, ushbu choralardan so‘ng Toshkent shahrida:
- jami 2891 ta avtobus harakatlanadi;
- o‘rtacha qatnov davomiyligi 30 daqiqani;
- yillik tashiladigan yo‘lovchilar soni 750 mln nafarni tashkil etadi.
Avvalroq, turizm koʻchalarini bogʻlovchi tungi vaqtda harakatlanadigan jamoat transportini yoʻlga qoʻyish topshirigʻi belgilangan edi. Shuningdek, tungi yoʻnalishlarining birinchi va ikkinchi bosqichlari hamda koʻchalar roʻyxati berilgan. Ushbu tungi yoʻnalishalarning ish tartibi kechki soat 22:00 dan 06:00 gacha boʻlib, jami 54 ta avtobus harakatlanishi rejalashtirilgan.
Tungi avtobuslar Toshkent boʻylab qaysi koʻchalardan oʻtadi? Roʻyxat
Toshken shahri boʻylab 2025-yil oxiriga qadar tungi avtobuslarning dastlabki yoʻnalishi yoʻlga qoʻyilishi ma'lum qilindi.
Toshkent shahrida tunda harakatlanadigan avtobuslar yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Toshkent shahrida soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha harakatlanadigan tungi avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.
