Al Xorazmiy koʻchasining bir qismi vaqtinchalik yopiladi
E’lon qilingan sana: · 70

Chilonzor tumanidagi Al Xorazmiy koʻchasining bir qismi 10-oktabrdan boshlab 3 kunga yopiladi.
Koʻchaning Al-Xorazmiy aylanma yoʻli qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 10-oktabr soat 09:00 dan 13-oktabr soat 09:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi. Ushbu 24/7 rejimda ishlovchi yangi sayr-gastro turizm ko‘chasida yirik tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Chilonzor tumani hokimligi yoʻlovchilardan yoʻnalishni rejalashtirish chogʻida ushbu holatni inobatga olishni tavsiya qilib, noqulaylik uchun uzr soʻragan.