Shota Rustaveli ko‘chasida yana uchta avtobus yo‘nalishi tiklandi
E’lon qilingan sana: · 77

12-oktabrdan boshlab 67, 98 va 126-sonli avtobuslar ajratilgan markaziy yo‘lakdan (BRT) qatnaydi.
Toshkent shahar Transport va yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasining eslatishicha, markaziy avtobus yoʻlagi faqat jamoat transporti uchun moʻljallangan. Ushbu hududda boshqa transport vositalarini haydash va toʻxtatish qat’iyan man etiladi. Chiziq boʻylab chapga burilish va ikkala yoʻnalishda ham burilish taqiqlanadi.
Boshqarma avvalroq yo‘lovchilar va haydovchilar uchun bir qator qoidalarni e’lon qilgan edi.