Toshkentdagi 134-sonli avtobus yoʻnalishida oʻzgartirishlar kiritildi

E’lon qilingan sana· 63
Toshkentdagi 134-sonli avtobus yoʻnalishida oʻzgartirishlar kiritildi

29-oktabr kunidan boshlab, 134-sonli avtobus yoʻnalishi Bog‘ishamol mahallasi — Chilonzor metrosi oralig‘ida qatnaydi. Bu haqda Tranport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 134-sonli avtobus yo‘nalishi harakati Nazarbek qishlog‘idan Bog‘ishamol mahallasigacha uzaytiriladi, boshqa tomondan esa ushbu yo‘nalish Janubiy vokzal bekatidan Chilonzor metrosi bekatigacha qisqartiriladi.

Hozirda Chilonzor metrosi — Janubiy vokzal yo‘nalishida 134-sonli yo‘nalishga muqobil sifatida 8, 48, 70, 84, 99 va 131-sonli avtobuslar faoliyat yuritmoqda. Ushbu yo‘nalishlarda jami 75 ta avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bu o‘zgarishlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent atrofidagi hududlarni jamoat transporti xizmati bilan qamrab olish maqsadida oktabr oyida 200 dona yangi elekrtobus (12 metrli) xarid qilishi belgilangan. Shuningdek, 4 ta yangi avtobus yoʻnalishi tashkil etilib, amaldagi 6 ta yoʻnalish qatnov yoʻlini oʻzgartirish hamda amaldagi 4 ta yoʻnalish jadvallari sonini oshirish koʻzda tutilgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling