Tashkent City Mall atrofda transport harakati vaqtinchalik cheklanishi haqida ogohlantirdi

E’lon qilingan sana· 321
Tashkent City Mall atrofda transport harakati vaqtinchalik cheklanishi haqida ogohlantirdi

Tashkent City Mall maʼmuriyati tashrif buyuruvchilarni savdo markazi hududida vaqtinchalik transport harakati cheklanishi haqida ogohlantirdi .

Majmua vakillarining soʻzlariga koʻra, Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan xalqaro tadbirlar munosabati bilan yaqin uch kun davomida (15, 16 va 17-noyabr) Toshkent shahri hududi va perimetri boʻylab avtotransport harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Maʼmuriyat tashrif buyuruvchilardan oʻz sayohatlarini oldindan rejalashtirishni va iloji boʻlsa, kechikishlar va noqulayliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun imkon qadar shaxsiy avtomobillardan foydalanmaslikni, metro va boshqa jamoat transportiga ustuvorlik berishni soʻrashdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling