Statistika: O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?
E’lon qilingan sana: · 67

2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida 6,4 million nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2025-yilning 10 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan davlatlar:
- Qirg‘iziston — 2,8 mln nafar;
- Qozog‘iston — 1,2 mln nafar;
- Tojikiston — 1,1 mln nafar;
- Rossiya — 370,1 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 237,1 ming nafar;
- Turkiya — 230,8 ming nafar;
- BAA — 114,1 ming nafar;
- Misr — 56,2 ming nafar;
- Xitoy — 39,6 ming nafar;
- Vyetnam — 32,8 ming nafar;
- Boshqa davlatlar — 204,1 ming nafar.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,3 million nafarga yoki 24,7 foizga oshgan.
Ma’lumot uchun, Qirgʻiziston 2024-yilda ham, 2023-yilda ham oʻzbekistonliklar eng koʻp tashrif buyrugan davlat boʻlgan.