Anons
Van Gog ijodiga bagʻishlangan multimedia koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 663

Tashkent City Mall’ning 2-qavatida Van Gogning ijodiga bagʻishlangan multimedia koʻrgazmasi ish boshladi.
Ushbu koʻrgazma doirasida Van Gog asarlari katta ekranlarda namoyish etiladi.
Chipta narxlari:
- Dushanba-chorshanba kunlari — 40 000 soʻm;
- Juma-yakshanba kunlari — 60 000 soʻm;
- Payshanba kuni — kirish bepul, jonli navbat asosida;
- oʻquvchi, student va pensionerlar uchun kassadan chipta xarid qilinganda 50 foiz chegirma beriladi;
- 10 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — bepul.
Koʻrgazma dushanba-payshnab kunlari 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari 10:00 dan 00:00 gacha faoliyat olib boradi.
Loyiha tashkilotchisi — Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi.

9-dekabr 2025dan 8-fevral 2026gacha
Toshkent, Батыра Закирова ko‘ch., 7