Hindistondagi sayyohlik koʻrgazmasida Oʻzbekiston stendi mukofotga sazovor boʻldi

Hindistonning Mumbay shahrida o‘tkazilgan Osiyoning yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan OTM Mumbai doirasida, O‘zbekiston milliy stendi mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fairfest Media Ltd xalqaro kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ko‘rgazma natijalariga ko‘ra, Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston stendi “Eng istiqbolli yangi sayyohlik yo‘nalishi” (Most Promising New Destination) nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Bu bilan ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan beriladigan nufuzli “OTM Excellence Award” mukofotini qabul qildi.
Avvalroq London shahridagi turizm boʻyicha yirik xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalardan biri boʻlgan “World Travel Market London — 2025"da Oʻzbekiston milliy stendi oʻrnatilgani haqida xabar berilgandi.