Toshkentda 2027-yildan sun'iy yomgʻir yogʻdiriladi

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonni imzolagandi. Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan, endi ushbu komissiya faoliyati 2027-yil 1-martgacha uzaytiriladi.
Unga koʻra, poytaxt havosini yaxshilash maqsadida poytaxt va Toshkent viloyatida namlik past bo‘lgan hududga 2027-yil 1-oktyabrgacha sun’iy yomg‘ir yog‘diriladi. Buning uchun ijobiy sinovdan o‘tgan xorij tajribasi o‘rganiladi. Bu boʻyicha Ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va Oliy ta’lim vazirligiga shunday topshiriq berildi.
Ushbu texnologiyani joriy etish uchun mablag' Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasidan ajratiladi.
Avvalroq 2026-yil 1-maydan har oyning 10 va 25 sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib borilishi haqida xabar berilgandi. Mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.