Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

E’lon qilingan sana· 434
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Bu rekord binoning hayratlanarli me’moriy ko‘rsatkichlari sabab qayd etilgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi rasman dunyodagi eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi sifatida tan olindi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Bu rekord binoning hayratlanarli me’moriy ko‘rsatkichlari sabab qayd etilgan: majmuaning maydoni 10 gektar, koʻrgazma zallarining umumiy maydoni esa 50 ming kvadrat metrga yetadi. Binoning uzunligi 161 metr, eni 118 metr, gumbazining balandligi esa 65 metrni tashkil qiladi.

Rekordlar kitobiga kiritilganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni Ginnes vakili Shayda Subashi tantanali ravishda topshirdi. Bundan tashqari, markaz muzeyi turkiy dunyoning eng yaxshi muzeyi deb ham topildi, bu uning xalqaro miqyosda tan olinganining yana bir tasdigʻi hisoblanadi.

Avvalroq, Versal mukofoti Islom sivilizatsiyasi markazini 2026-yilda dunyodagi eng chiroyli muzeylar roʻyxatiga kiritgan edi.

Shuningdek, Afisha.uz'da Markaz haqida katta sharh e’lon qilingandi.

Ma’lumot uchun, Islom sivilizatsiyasi markazi har kuni soat 9:00 dan 22:00 gacha ochiq boʻladi va unga standart chipta narxi 60 000 soʻmni tashkil etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling