"Hayotni tanla": inkuzart giyohvandlikka qarshi kurashga bag‘ishlangan graffiti chizdi

E’lon qilingan sana· 197
"Hayotni tanla": inkuzart giyohvandlikka qarshi kurashga bag‘ishlangan graffiti chizdi

inkuzart nomi bilan tanilgan mashhur ko‘cha rassomi o‘zining Instagram sahifasida yangi graffitisi bilan bo‘lishdi. Asar 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan.

Graffitida qizil bo‘yoq bilan devorga “Hayotni tanla” deb yozayotgan bolakay tasvirlangan. Zamonaviy jamiyatning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan giyohvandlikka qarshi yaratilgan ushbu asar yoshligidanoq noto‘g‘ri tanlov inson hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ramziy tarzda ifodalaydi. Graffiti tomoshabinni sog‘lom turmush tarzini tanlashga va hayotning qadriga yetishga chorlaydi.

Avvalroq rassom Oʻzbekistondagi suv isrofgarchiligiga, havo ifloslanishiga bagʻishlangan va tabiatni asrashga chorlovchi graffitilar chizgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling