Toshkent—Nurafshon yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
E’lon qilingan sana: · 95

Toshkent—Nurafshon yo‘nalishida zamonaviy poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Toshkent viloyati jamoatchiligi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Loyiha viloyatini Toshkent shahri bilan yagona iqtisodiy va transport makoni sifatida rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladi. Shuningdek, poytaxt bilan bog‘lovchi jamoat transporti yo‘nalishlari ham kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Prezident uchrashuvda Nurafshonni ilm-fan, yuqori texnologiyalar va yoshlar shahriga aylantirish, “aqlli shahar” modeli asosida rivojlantirish ishlari davom etayotganini ham ta’kidladi.