58-sonli avtobus yo‘nalishi harakat sxemasi o‘zgardi

E’lon qilingan sana· 90
58-sonli avtobus yo‘nalishi harakat sxemasi o‘zgardi

Mustaqillik va Parkent ko‘chalari kesishmasidagi rekonstruksiya ishlari yakunlangani hamda Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida chapga burilish bekor qilingani sababli 58-sonli avtobus yo‘nalishining harakat sxemasiga o‘zgartirish kiritildi.

Endilikda 58-sonli avtobus Mustaqillik, Parkent va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Mustaqillik shoh ko‘chasining “Buyuk Ipak Yo‘li” metrosidan tuman hokimligigacha bo‘lgan qismi yangilandi

Bu yerda yo‘l qoplamasi to‘liq almashtirildi, svetoforlar va bekatlar yangilandi, trotuarlar hamda yomg‘ir suvlarini chiqarish tizimi tartibga keltirildi, shuningdek, yo‘lga tutash hududlar obodonlashtirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling