Toshkentda II “San’at olami” Rossiya san’ati festivali boshlandi

E’lon qilingan sana: · 246
Toshkentda II “San’at olami” Rossiya san’ati festivali boshlandi

Olti kun davomida festival tasviriy san’at, zamonaviy san’at, musiqa, teatr, balet va kinoni, shuningdek, ma’ruzalar va munozaralardan iborat ta’lim dasturini birlashtiradi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 29-sentyabrdan 4-oktyabrgacha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan II “San'at olami” Rossiya san’ati festivali dasturini taqdim etdi.

Festival Rossiya san’ati va uning zamonaviy badiiy amaliyotlariga bag‘ishlangan. Tadbir doirasida kuratorlik, badiiy ta’lim va ijodiy amaliyotlarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilinadi.

29-sentyabr

  • 11:00−12:00 — Zurab Sereteli haqida ma’ruza. Rossiya Badiiy akademiyasining bosh muharriri Tatyana Kochemасova rassom va haykaltarosh Zurab Tsereteli haqida so‘zlab beradi.
    O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, Buyuk Turon ko‘chasi, 2.
  • 12:30−13:30 — kuratorlik amaliyotlari haqida ma’ruza. Moskva zamonaviy san’at muzeyi (MMOMA) direktori Andrey Yegorov muzeyning kuratorlik amaliyotlari va ta’lim strategiyalari haqida so‘zlab beradi.
    Zamonaviy san’at markazi, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6.

30-sentyabr

  • 11:00−12:00 — zamonaviy badiiy ta’lim haqida ma’ruza. MMOMA ilmiy bo‘limi rahbari Viktoriya Vasilyeva Rossiyada san’at sohasidagi zamonaviy ta’lim haqida so‘zlab beradi.
    Zamonaviy san’at markazi, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6.
  • 12:30−13:30 — rassom Aleksandr Ponomaryov bilan uchrashuv. Rassom “Erkin stixiyalar san’ati. Faol muhitlar chegarasidagi, shuningdek, Arktika va Antarktidada badiiy amaliyot tajribasi” nomli chiqishini taqdim etadi.
    Zamonaviy san’at markazi, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6.

1-oktyabr

  • 12:00−13:00 — davra suhbati. Ishtirokchilar ijodiy amaliyotlar va san’at sohasidagi ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
    O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, Buyuk Turon ko‘chasi, 2.
  • 16:00 — Zurab Tseretelining “Hayotdan kattaroq” ko‘rgazmasining ochilishi. Ekspozitsiyada festival doirasida rassomning asarlari namoyish etiladi.
    O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, Buyuk Turon ko‘chasi, 2.
  • 19:00 — “Opera durdonalari” gala-konserti. Konsert O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida, Alibek Kabduraxmanov dirijyorligida o‘tkaziladi. Dasturda solistlar Olga Jigmitova (mezzo-soprano), Aleksandr Chernov (tenor), Guzel Sharipova (soprano), Valentina Pravdina (soprano) va Konstantin Brjininshkiy (bariton) ishtirok etadi.
    “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyi, Istiqlol ko‘chasi, 1.

Chipta xarid qilish.

2-oktyabr — Kino kuni

17:00 — fotoko‘rgazmaning ochilishi. Rejissyor Stanislav Govoruxinning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma taqdim etiladi.

  • 17:00 — aktyor Boris Kamorzin bilan ijodiy uchrashuv.
    O‘zbekiston Milliy kinematografiya saroyi, “Panoramali” kinoteatri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 15.
  • 18:00−20:00 — filmlar namoyishi. Tomoshabinlarga “Film haqida va nafaqat” hujjatli filmi (2015, Rossiya, 26 daqiqa), shuningdek, Stanislav Govoruxinning “Go‘zal davrning oxiri” filmi (2015, Rossiya, 95 daqiqa) namoyish etiladi.
    O‘zbekiston Milliy kinematografiya saroyi, “Panoramali” kinoteatri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 15.

3-oktyabr

  • 19:00−20:30 — “Quyoshli Xakasiya nurlari” konserti. Toshkentda xakas raqsi ansambli “Kӱn suzy” chiqish qiladi.
    Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatri, Zarafshon ko‘chasi, 28.

Chipta xarid qilish.

4-oktyabr

  • 19:00−20:40 — “Divertisment” baleti. A. Ya. Vaganova nomidagi Rossiya baleti akademiyasining yosh solistlari ijrosida namoyish etiladi.
    Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatri, Zarafshon ko‘chasi, 28.

Chipta xarid qilish.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling