21-oktyabr kuni Botanika bogʻiga kirish bepul boʻladi

E’lon qilingan sana: · 188
21-oktyabr kuni Botanika bogʻiga kirish bepul boʻladi

21-oktyabr kuni Toshkent shahridagi Botanika bogʻiga kirish bepul boʻladi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Botanika bogʻida 21-oktyabr kuni “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi. Unda bogʻga kirish bepul boʻladi.

Avvalroq Botanika bog‘ida yangi ko‘l tashkil etilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Afisha.uz'da “Kuzgi Botanika bogʻi — suratlarda” maqolasi ham e’lon qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling