Hafta artisti: Oxxxymiron

E’lon qilingan sana· 202
Hafta artisti: Oxxxymiron

Bu — Afisha.uz'ning har hafta e’lon qilib boriladigan yangi formatdagi “Hafta artisti” rukni. Unda biz bir ijodkorni tanlab, u haqida qisqacha ma’lumot va e’tiborga molik treklarini ulashib boramiz. Bu, o‘ylaymizki, uzoq davom etadi va siz yangi artistlarni kashf qilasiz, avvaldan tanish bo‘lganlarini esa yaqinroq bilib olishingiz va qo‘shiqlarini qayta tinglashingiz mumkin bo‘ladi. “Hafta artisti"ning ikkinchi qahramoni – reper Oxxxymiron

Oksimiron — nafaqat Rossiya va MDH, balki butun dunyodagi eng yaxshi reperlardan biri. Bu tortishadigan masala emas. U orada birdan “yo‘qolib qolgani” — uzoq muddat trek chiqarmay qo‘ygani uning muhlislari kamayishiga olib kelmadi, tinglovchilar uning eski ishlaridan zavqlanishda, yangi replarni umid bilan kutishda davom etdi. Bugun — 31-yanvar — Oksimiron — Miron Fyodorovning tug‘ilgan kuni. “Rus rep qiroli” 39 yoshga to‘ldi (1985-yil).

Afisha.uz Mironning hayot va ijod yo‘llari haqida to‘xtalib, uning ijrosidagi eng yaxshi replarni taqdim etadi (oldindan aytamiz, “eng yaxshilari"ni tanlash juda-juda qiyin bo‘ldi).

Ziyoli oiladan chiqqan ziyoli reper

Mironning hayoti boshqa reperlarnikiga o‘xshamaydi. Oksi — ziyoli oilaning farzandi: uning otasi fizik nazariyachi, onasi esa kutubxonachi bo‘lgan. Otasi Rossiyada doktorlik dissertatsiyasini yo‘qlagandan so‘ng Miron oilasi bilan Germaniyaga, keyinchalik esa Angliyaga ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan.

Eng qiziq jihati shundaki, Oksi Buyuk Britaniyada dunyoning eng nufuzli universitetlari yetakchilaridan biri — Oksford universitetida “O‘rta asr ingliz adabiyoti” yo‘nalishida tahsil olgan. Bu yo‘nalishda ta’lim olgani uning qo‘shiqlari matnida ham yaqqol sezilib, sifat qo‘shib turadi.

2006-yilda Oksi o‘qishdan chetlashtiriladi, chunki unga maniakal-depressiv psixoz tashxisi qo‘yilgandi. Ammo shundan keyin ham u o‘qishni tashlab qo‘ygani yo‘q, u tezda o‘ziga kelib, o‘qishini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan va muvaffaqiyatli yakunlagan.

U o‘ziga qo‘yilgan tashxis va kasalligini yashirib o‘tirmagan, 2017-yilda u “Биполярочка” nomli trek chiqargan va unda o‘zining kasalligi haqida gapiradi. Ma’lumot uchun, maniakal-depressiv psixoz “bipolyar affektiv buzilish” ham deb ataladi.

Rep

Oksimiron yoshligidan aynan rep yo‘nalishiga qiziqqan. 13 yoshida birinchi rep matnlarini yozishni boshlagan. U rep yozishni san’at darajasiga olib chiqqan: uning “Горгород” albomi Aleksandr Pyatigorsk nomidagi adabiyot bo‘yicha mukofot long-listiga ham kiritilgan.

Oxxxymiron — Rossiyadagi mashhur “Versus Battle” loyihasining eng yorqin ishtirokchilaridan biri. U battllarda ko‘p marotaba g‘alaba qozongan. 2017-yilda Miron reper Gnoyniyga yutkazib qo‘ygandi. O‘shanda u mag‘lubiyatini tan olgan va raqibini olqishlab kuzatib qo‘ygan. E’tiborli jihati shundaki, uchta raundning birortasida ham u so‘kinish so‘zlarini ishlatmagan. Bu — battl uchun deyarli begona holat.

Miron nafaqat ruscha, balki inglizchada ham bemalol kuylay oladi. 2017-yildan keyingi mag‘lubiyatdan so‘ng u inglizcha rep battlda amerikalik Dizaster bilan kuch sinashgan va yakunda g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng u g‘arbliklarning ham e’tiboriga tushgan.

Reper o‘zining birinchi albomini 2011-yilda taqdim etgan. “Вечный жид” albomi 14 ta trekdan iborat bo‘lib, uning birinchi qo‘shig‘i “Восточный Мордор”, oxirgisi esa “Жук в муравейнике” deb nomlanadi. Xuddi shu nomdagi kitoblar yozuvchilar Jon Ronald Tolkin (“Мордор”) va aka-uka Strugatskiylar (“Жук в муравейнике”) ijodida uchraydi.

2015-yilda esa Miron o‘zining afsonaviy “Горгород” albomini taqdim etadi. U o‘sha mashhur “Где нас нет” qo‘shig‘ini o‘z ichiga olgan 11 ta trekdan iborat. Albomni ko‘plab mutaxassislar yuqori baholagan, hatto bu bo‘yicha ilmiy ishlar ham qilingan. Ba’zi dotsentlar ushbu albomni “zamonaviy rus adabiyotining eng muhim asarlaridan biri” deb atagan. Unda qo‘llangan va umuman, Oksining ijodida ko‘p uchraydigan allyuzalar alohida qayd etilgan.

Miron Fyodorov o‘zining uchinchi va oxirgi “Красота и уродство” albomini 2021-yilda (kutilmaganda) taqdim etdi. Bu Oksining uzoq yillik tanaffusidan keyingi qaytishi bo‘ldi. Albom naqd 22 ta trekdan iborat. Kutilmaganda chiqarilgan albom katta qiziqish uyg‘otdi va u platformalarga yuklangandan so‘ng topga chiqishni boshladi va uzoq vaqt davomida yuqori o‘rinlarni band etib turdi (Miron buni o‘zining Morgenshternga bag‘ishlangan “The Story of Alisher” dissida ham ta’kidlab o‘tadi).

Umuman olganda, Mironning albomlari shunchaki treklar to‘plami emas, balki u bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan hikoyalardan iborat. Ayniqsa, “Горгород”. Bundan tashqari, u matn va musiqani muvaffaqiyatli uyg‘unlashtira oladigan kam sonli ijodkorlardan.

E’tiborga molik treklar

“Город под подошвой”

“Там, где нас нет”

“Переплетено”

“Безумие” feat ЛСП

<aWZyYW1lIHNyYz0iaHR0cHM6Ly93d3cueW91dHViZS5jb20vZW1iZWQvR1J2UklTLS1KUm8/c3RhcnQ9MCZhbXA7Y29udHJvbHM9MSIgd2lkdGg9IjU2MCIgaGVpZ2h0PSIzMTUiIGZyYW1lYm9yZGVyPSIwIiBhbGxvd2Z1bGxzY3JlZW49IiIgZGF0YS15b3V0dWJlLXZpZGVvPSJ2aWRlbyI==>

“Пора возвращаться домой” feat Би-2

“Накануне”

“Кто убил Марка?”

“Ойда”

“The story of Alisher”

“Лига Опасного Интернета”

Albomlar

“Вечный жид”

“Горгород”

“Красота и Уродство”

O‘tgan “hafta artisti”: Asl Wayne.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov