"Nigilist pingvin": trenddagi mavzu haqida memlar

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yovvoyi tabiat haqidagi hujjatli filmdan olingan kichik parcha tufayli ekzistensial holatga tushdi. Unda o‘z sheriklaridan ajralib, tog‘lar tomon ketib borayotgan pingvin haqida hikoya qilinadi.
Bugungi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari har qanday voqea asosida darhol memlar yasashni boshlaydi. Bu ijod namunalari bugungi madaniy hayotning bir qismidir. Albatta, togʻlar tomon yoʻl olgan pingvin voqeasi ham bundan chetda qolmadi.
Ushbu maqolada Afisha.uz mavzuga doir turli memlarni bir yerga jamladi.
Marvel kinokompaniyasi tomonidan “Avengers: Doomsday” filmida Kapitan Amerika (Kris Evans)ning qaytishi e’lon qilingandi. Bu oʻziga xos mem-shablonga aylandi. Quyidagi hazilda tog' tomon yoʻl olgan pingvin “Doomsday"da qaytishi aytiladi.

Umid qilamizki, pingvin Oʻzbekistonning tarixiy shaharlarida oʻzi uchun kerakli boʻlgan vaybni topadi.

Oʻzbekistondagi turizm rivoji uchun hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan quyidagi memni ham koʻrish mumkin.

Instagram’dagi sahifalar orasida qahramonimiz uchun alohida ochilgan sahifaga ham koʻzimiz tushdi. Unda klassik shablon asosida yaratilgan mem ham joylangan.
Memlar orasida quyidagi kutilmagan kollaboratsiyani ham koʻrish mumkin.