JCh sabab O‘zbekiston soʻzini Google'da qidirish 450 foizga oshdi

E’lon qilingan sana· 68
JCh sabab O‘zbekiston soʻzini Google'da qidirish 450 foizga oshdi

Futbol boʻyicha Jahon chempionatidagi ishtirok sabab O‘zbekiston soʻzini Google’da qidirish 450 foizga oshdi. Bu haqda mamlakatning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov Google Trends ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.

“Bu FIFA World Cup 2026 davrida mamlakatimizga bo‘lgan global qiziqish keskin ortganini ko‘rsatadi. Bu faqat futbol emas — bu O‘zbekistonning dunyo sahnasiga chiqishi, tarixiy ishtiroki va yangi avlod uchun ilhom manbai”, — deya yozib qoldirchi Furqat Sidiqov oʻz Instagram sahifasida.

Oʻzbekiston terma jamaosi guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DRga qarshi oʻyinlar oʻtkazdi va ularning barchasida magʻlub boʻldi.

Avvalroq Afisha.uz O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki qanday trendga aylangani haqida ma’lumot bergandi. Shuningdek, 2-turda Portugaliyaga qarshi uchrashuvdagi magʻlubiyatdan soʻng pozitiv holatlar haqida ham yozgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling