Shaxlo “Q.zil” nomli qo‘shig‘iga klip e’lon qildi. Unda Konsta, MORF va sobiq jamoadoshlariga ishoralar bor

“Q.zlar” guruhining sobiq a’zosi Shaxlo guruhdan chetlashtirilgandan so‘ng yakkaxon ijodini boshladi. Uning dastlabki solo treki “Q.zil” deb nomlandi. 14-iyul kuni kechasi Shaxlo ushbu trekiga ishlangan klipini e’lon qildi.
Qo‘shiq 10-iyul kuni e’lon qilingan edi, klip esa 13-iyul kuni chiqarilishi va’da qilingandi, ammo bir kun kechikdi. Bunga “YuzLabel"ning 3-iyul kuni e’lon qilingan “Moneytalk” klipi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin (ammo bu shaxsiy fikr, xolos). Nega unday deyapman, tushuntiraman.
Qoʻshiq soʻzlarida Shaxloning “Q.zlar” guruhidan chiqib ketishi va jamoaning qolgan a’zolari bilan konfliktga ishoralar bor. Xususan, trekda “Ochsam haqiqatni bitta argument bilan yopiladi yuzing” kabi soʻzlarni tinglash mumkin.
Shuningdek, Shaxlo o‘z trekida sobiq prodyusseri Abduvosit Hamidboyevga (MORF) ishoralar ham tashlab ketgandi: “Eshitdim treklaringni, bilmagandim diding bunchalar sust. Nosog‘lom hislaringni yetkazish uchun o‘zingga kerak prodyuser” kabi qatorlarni uchratish mumkin.
Endi bevosita klipga kelsak. Shaxloning klipi ushbu qonga belangan qo‘g‘irchq kadri bilan boshlanadi. Bu Bofa, Konsta, Morf, qarz va Alinur ishtirokidagi “Moneytalk” klipiga ishora hisoblanadi.

Shaxloning “Q.zil” klipidan kadr
Ushbu qo‘g‘irchoq “Moneytalk” klipida Konsta qatorlari paytida paydo bo‘ladi. Bu — klipda Konsta tanlagan obraz (boshqalarda Bad Bunny, otlar uchraydi).

Bofa, Konsta, Morf, qarz, Alinur — “Moneytalk” klipidan kadr
Endi Shaxloning MORFga atalgan qatorlari kuylanayotgan paytda ko‘rsatilayotgan kadrlarga e’tibor qaratamiz. Qo‘shiqchi qizil koridor bo‘ylab yurib kelib, yo‘lak oxirida bog‘lab qo‘yilgan niqob kiyib olgan odamga qilich tortib, ikkiga bo‘lib yuboradi. Orada bu hech kimga diss emas, erkinligini aytishga ham ulguradi.

Shaxloning “Q.zil” klipidan kadr
Bu obraz “Moneytalk” klipida aynan MORFga ishlatilgandi. Reper oʻz qatorlarini ushbu obrazda chiqib kuylagan.

Bofa, Konsta, Morf, qarz, Alinur — “Moneytalk” klipidan kadr
“Chayon endi istarasiz. Fe’lga qofiya, kechrasiz”.

Shaxloning “Q.zil” klipidan kadr
Shaxloning ushbu klipiga “Why Javoh” rejissyorlik qilgan. Kreativ prodyusser sifatida Avaz Yoqubjonov ishlagan. Shuningdek, klipda Abbbose, Dalimjanov, Furcade va Jan kabi reperlar ko‘rinish bergan. Musiqa ustida Furcade bilan hamkorlik qilingan.
Klip va qo‘shiqda nafaqat sobiq prodyusserlarga, balki sobiq guruhdoshlarga ham ishoralarni ko‘rish mumkin.

Shaxloning “Q.zil” klipidan kadr
“Fest qo‘shimchasiz bir kun yig‘aman sold out stadion. Bilaman bo‘lmaydi oson, lekin ikkita manekenni sudirash bundan ham qiyinroq” kabi qatorlar “Q.zlar"ning boshqa a’zolari — Dinora va Amiraga atalgan bo‘lishi mumkin (o‘zi diss ekanini “tan olmayotgan” paytda mana shunday “taxminlar” qilinadi-da). Bu paytda kadrda ikkita manekenning boshi paydo boʻladi.
Klip davomida sochilib yotgan dollarlardan ham bu “YuzLabel"ning “Moneytalk” klipiga ishora ekanini payqash qiyin emas.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Q.zlar” guruhidan Shaxlo chetlashtirilgani va bunga nima sabab boʻlgani haqida yozgandik.
"Men yaratganman bu tizimni": "Q.zlar" guruhi sobiq a'zosi Shahlo yangi qoʻshiq chiqardi
"Q.zlar" guruhi sobiq a'zosi Shahlo Oʻktamova yangi "Q.zil" deb nomlangan yangi qoʻshigʻini e'lon qildi. Bu xonandaning yakkaxon ijodni boshlaganidan keyingi ilk qoʻshigʻi hisoblanadi.
“Bu yuzaga kelgan vaziyatda yagona yechim edi”: Shahlo O‘ktamova “Q.zlar” guruhidan chetlashtirildi
18-may kuni “Q.zlar” guruhining Instagram sahifasida Shahlo O‘ktamovaning guruhdagi faoliyati tugagani haqida post e’lon qilindi. Afisha.uz YuzLabel prodyusseri Abdulbosit Hamidboyevda (MORF) vaziyat yuzasidan izoh oldi.
“Bolalikda hatto oʻylash taqiqlangan orzularimizni amalga oshirmoqchimiz”: "Q.zlar" shoubiznesga kirib kelishi haqida
Oʻzbek shou biznesida qizlardan iborat guruhlar boʻlgan, ammo rep yoʻnalishida esa hali bundayi deyarli uchramagan. 12-dekabr kuni aynan ilk shunday guruh oʻzining birinchi trekini premyera qildi. Guruh nomi ham oddiy va tushunarli — “Q.zlar”. Ularning dastlabki klipi bir haftada YouTube’da 70 mingdan ortiq koʻrildi. Afisha.uz qizlarning oʻzi va leybl prodyusseri bilan suhbatlashdi.