Lag’mon
- 12+
Tavsif
Lagmon filmida ijtimoiy tarmoqlar orqali insonlarning ishonchi va mehribonligidan foydalanishga urinayotgan oila haqida hikoya qilinadi. Yaxshi hayot va tez boylik ortidan quvgan ota va og’il turli yolg‘on voqealarni uyushtirib, odamlardan yordam puli yig‘ishni boshlaydi. Ular o‘zlarini jabrlanuvchi va nogiron sifatida ko‘rsatib, insonlarning rahm-shafqatidan foydalanadi. Kelgan pullar esa yordam uchun emas, shaxsiy manfaat va hashamatli hayot uchun sarflanadi. Ammo yolg‘on ustiga qurilgan hayot uzoqqa bormaydi va oxir-oqibat haqiqat oshkor bo‘lib, ular qonun oldida javob berishga majbur bo‘lishadi.
Film sharhi
O‘zbekistondagi taniqli blogerlar jamoasi Mitti.me “Lag‘mon” nomli yangi filmini suratga oldi. 24-may kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi (Panorama)da mazkur kartina premyerasi bo‘lib o‘tdi. Afisha.uz muxbirlari ushbu taqdimotda qatnashib, reportaj tayyorladi.
Film sharhi
Kinoteatrlarda 25-may kunidan boshlab yangi oʻzbek komedik janridagi "Lagʻmon" filmi namoyishi boshlandi.




