Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi
Tavsif
To‘rt do‘st — Temur, Ulug‘bek, Bobur va Jaloliddin tasodifan sehrli portal orqali ixtirochi Zamonning qarorgohiga tushib qoladi. Shu fursatdan ularning Sehrlandiyadagi sirli sarguzashtlarga boy sayohati boshlanadi. U yerda bolalar vaqt mashinasini o‘g‘irlab, olamga egalik qilmoqchi bo‘lgan yovuz Olabo‘ji hamda uning qo‘shiniga qarshi kurashadi.
Film sharhi
25-dekabr kuni Milliy kino san'ati saroyida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan ishlangan ilk toʻliq metrajli multfilm — "Sehrlandiya"ning premyerasi boʻlib oʻtdi. Afisha.uz muharriri ham premyerada qatnashib, multfilmni tomosha qildi va quyida oʻz fikrlarini bildiradi.
Film sharhi
O‘zbekiston kinoteatrlarida 25-dekabrdan ilk 3D to‘liq metrajli multfilm "Sehrlandiya"ning namoyishi boshlandi. Mazkur loyiha Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

