Toshkentning pitsa xaritasi: top-13 ta joy

Toshkent shahri gastronomik tomondan oʻzining pik nuqtasiga yaqinlashmoqda. Deyarli har qadamda istalgan turdagi taomlarni topish mumkin boʻlgan kafe yoki restoranlarga duch kelish mumkin. Shu qatorda soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston poytaxtida pitseriyalar soni ham koʻpaydi. Ular orasida milliy brendlar ham, jahonga mashhur kompaniyalarning franshizalari ham mavjud.
Afisha.uz ushbu jamlanmada pitseriyalar, ulardagi narxlar va manzillarini bir yerga toʻpladi.
Apex pizza

Ushbu pitseriyada har xil turdagi pitsalarni topish mumkin. Bundan tashqari, bir kunda 24 soat davomida yetkazib berish xizmati ham ishlaydi. Shuningdek, pitseriya noodatiy boʻlgan kolloboratsiyadagi pitsalarni ham taqdim etadi.
Narxlar:
- 25 sm (S) — 72 000 soʻm;
- 30 sm (M) — 105 000 soʻm;
- 35 sm (L) — 125 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−202−2020.
Bella Napoli

Italiya shaharlaridan birining nomini olgan pitseriya turli xildagi klassik va grand pitsalarni taklif etadi. Restoran, shuningdek, pasta, salatlar va mavsumiy menyular ham taqdim etadi. Toshkent shahrida “Bella Napoli"ning ikkita filiali boʻlib, ular “Magic City” bogʻida va Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan.
Narxlar:
- “Margarita” — 68 000−110 000 soʻm;
- “Peperoni” — 85 000−135 000 soʻm;
- “Amerikano kon peperoni” — 110 000−160 000 soʻm;
- “Toʻrtta pishloq” pitsasi — 110 000−160 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−253−9183.
Bellissimo Pizza

“Belissimo Pizza” nafaqat pitsalari, balki sinnabonlari, bellisterlar va turli xil kollaboratsiyalari bilan ajralib turadi. Xususan, hozirda pitseriya PUBG Mobile oʻyini bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, 24 soat davomida yetkazib berish xizmati ham mavjud. Bundan tashqari, har xil turdagi sneklar taklif etiladi.
Narxlar:
- “Pepperoni” — 56 000 soʻm;
- “Cheddar donar” — 69 000 soʻm;
- “Texascha grill” — 69 000 soʻm;
- “Toʻrtta pishloq” pitsasi — 69 000 soʻm;
- “Toʻrt fasl” — 104 000 soʻm.
Murojaat uchun call-center: 1174.
Dodo Pizza

“Dodo pizza"da har kuni 24 soat davomida bepul yetkazib berish xizmati ishlaydi. Eng arzon pitsa — “Margarita” boʻlib, 50 000 soʻmga sotib olish mumkin.
Bundan tashqari, “Pepperoni”, “Joʻjacha Ranch” va restoranning maxsus “Dodo” nomli pitsasi mashhur hisoblanadi. “Dodo pizza"ning elektron ilovasi ham bor va unda ham buyurtmalar berish mumkin.
Narxlar:
- 25 sm (S) — 49 000 soʻm;
- 30 sm (M) — 69 000 soʻm;
- 35 sm (L) — 89 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun call-center: 1168.
Dominoʻs Pizza

Butun dunyoda mashhur boʻlgan pitsa kafelaridan biri boʻlgan Amerikaning “Dominoʻs” kompaniyasi Oʻzbekistonda ham oʻz filiallarini ochgan. Menyuda klassik pitsalaradn tashqari turli xildagi va shakldagi taomlarni ham topish mumkin.
Narxlar:
- 25 sm (S) — 69 000 soʻm;
- 30 sm (M) — 105 000 soʻm;
- 35 sm (L) — 129 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon: (+998) 78−129−0989.
Moscow pizza

Ushbu pitseriyada yevropacha, amerikacha va milliy uslibda tayyorlanadigan koʻplab turdagi pitsalarni tatib koʻrish mumkin. “Moscow”, “Xanter”, “Julyen”, “Meksikacha” va “qazili” pitsalar shular jumlasidan. Restoranning uchta filiali faoliyat yuritmoqda.
Narxlar:
- “Margarita” — 78 000−156 000 soʻm;
- “Peperoni” — 62 000−184 000 soʻm;
- “Moscow” — 79 000−250 000 soʻm;
- “Amerikano” — 63 000−198 000 soʻm;
- “Qazili pitsa” — 70 000−230 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 93−167−9999; (+998) 93−168−9999.
Papa John’s

Bu Oʻzbekistonga kirib kelgan yana bir Amerika pitsa kompaniyasi hisoblanadi. Ma’lumot uchun, Afisha.uz saytida ushbu pitseriyaga sharh ham yozilgan.
Narxlar:
- 25 sm (S) — 62 000 soʻm;
- 30 sm (M) — 89 000 soʻm;
- 35 sm (L) — 119 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon: (+998) 78−140−7272.
Pizza Hut

Yana bir dunyoga mashhur pitseriyalardan boʻlgan “Pizza hut"ning Toshkentda uchta filiali faoliyat yuritmoqda. “Uyda yolgʻiz” filmini koʻrish davomida bu brendning pitsalariga duch kelgan va bu taomni tatib koʻrishni xohlagan boʻlsangiz ajab emas.
Narxlar:
- “Goʻshtli” — 85 000−155 000 soʻm;
- “Peperoni” — 65 000−120 000 soʻm;
- “Goʻshtli barbekyu” — 85 000−155 000 soʻm;
- “Margarita” — 63 000−115 000 soʻm;
- “Vegeterian” pitsasi — 65 000−125 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon: (+998) 77−370−4648.
Roma pizza

Ushbu pitseriyada har qanday didga mos boʻlgan pitsalardan tashqari tovuq qanotlari, brendli souslar va ichimliklarni ham topish mumkin. Toshkent shahrida “Roma pizza"ning bir qancha filiali faoliiyat yuritmoqda.
Narxlar:
- “Roma” — 87 000 soʻm;
- “Peperoni” — 55 000 soʻm;
- “Dabl peperoni” — 66 000 soʻm;
- “Beshta pishloqli” — 81 000 soʻm;
- “Margarita” — 49 000 soʻm;
- “Vegeterian” pitsasi — 55 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manzillar:
- Katta Xirmontepa filiali;
- Magic City filiali;
- Novza filiali;
- Buyuk ipak yoʻli filiali;
- Olmazor filiali.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−203−0505.
Sariq bola pizza

Boshlovchi va bloger Jahongir Xoʻjayev tomonidan ochilgan pitseriya tez fursatda koʻplab filiallarga ega boʻldi. Shuningdek, Toshkentdan tashqari Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ham “Sariq bola pizza” kafelari mavjud.
Narxlar:
- “Pishloqli ranch” — 43 000 soʻm;
- yurak shaklidagi “Peperoni” — 79 000 soʻm;
- “Alfredo” — 55 000 soʻm;
- “Aristokrat” — 69 000 soʻm;
- “Margarita” — 49 000 soʻm;
- “Vegan” — 62 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon: (+998) 55−500−3300; (+998) 78−555−3942.
Chopar pizza

“Chopar pizza” har xil turdagi pitsalardan tashqari “Chopar Special” pitsasini ham taqdim etadi. Shuningdek, bir qator setlar mavjud. “Chopar” Oʻzbekistonning bir qator viloyatlarida ham oʻz filiallarini ochgan. Shuningdek, bepul yetkazib berish xizmati mavjud.
Narxlar:
- “Pishloqli” — 74 000 soʻm;
- “Peperoni” — 82 000 soʻm;
- “Kombo” — 86 000 soʻm;
- “Tovuqli” — 80 000 soʻm;
- “Margarita” — 72 000 soʻm;
- “Barbekyu” — 88 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−205−1111.
Roni pizza

Ushbu kafe ham Neapolitan oshxonasini oʻzida mujassam etgan. Restoran biznes-lanchlar va bolalar uchun alohida menyusi bilan ham ajralib turadi.
Narxlar:
- “Pishloqli margarita” — 84 000 soʻm;
- “Peperoni” — 91 000 soʻm;
- “Margarita” — 75 000 soʻm;
- “Meapolitana” — 86 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon: (+998) 90−130−1188.
Stuzzico

Ushbu pitseriyada pitsa narxlari 35 000 soʻmdan boshlanadi. Restoranda turli xildagi pitsalarni topish mumkin, xususan, “Marinara”, “Fungi”, “Salsichcha”, “Milano”, “Buondjorno” shular jumlasidan.
Narxlar:
- “Margarita” — 35 000−99 000 soʻm;
- “Peperoni” — 44 000−97 000 soʻm;
- “Gavayi” — 47 000−115 000 soʻm;
- “Vegeterian” pitsasi — 52 000−121 000 soʻm.
Toʻliq menyu bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon: (+998) 99−820−2202.
Diqqat: ushbu narxnoma faqatgina maqola e’lon qilingan paytda aktual hisoblanadi.