Osiyo Kubogi. Oʻzbekiston Hindiston ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi

E’lon qilingan sana· 99
Osiyo Kubogi. Oʻzbekiston Hindiston ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qatarda oʻtayotgan Osiyo Kubogi 2-turi doirasida Hindiston termasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuv Oʻzbekistonning tezkor goli bilan boshlandi. 4-daqiqada Abbosbek Fayzullayev Otabek Shukurovning uzatmasidan soʻng hisobni oshdi.

18-daqiqaga kelib esa hujumchi Igor Sergeev hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.


Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan vaqtlarda himoyachi Sherzod Nasrullayev 3-golga mualliflik qildi.

Ikkinchi boʻlim boshida Oʻzbekiston tarkibida oʻzgarish sodir boʻldi: gol muallifi Sherzod Nasrullayevning oʻrniga Zafarmurod Abdurahmatov maydonga tushirildi. 83-daqiqaga kelib esa yana tezkor golga mualliflik qilgan Abbosbek Fayzullayev maydonni tark etdi, uning oʻrnini Jamshid Iskanderov toʻldirdi.

Shunday qilib, “oq boʻrilar” ikkinchi turdan soʻng “B” guruhida 4 ochko bilan 2-oʻrinni egallab turibdi. Avstraliya terma jamoasi esa 2 ta oʻyinda ham gʻalaba qozonib, 6 ochko toʻplagan holda 1-oʻrinni band qilib turibdi hamda keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Oʻzbekiston 3-turda aynan Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin 23-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston MTJ 1-turda Suriya bilan nursiz durang qayd etgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ