U-23 Osiyo Kubogi. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi turnirni gʻalaba bilan boshladi

E’lon qilingan sana· 71
U-23 Osiyo Kubogi. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi turnirni gʻalaba bilan boshladi

Qatarda futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oldi. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi 1-tur uchrashuvini 17-aprel kuni malayziyalik tengdoshlariga qarshi oʻtkazdi va 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Dohadagi “Xalifa” stadionida oʻtgan bahsning 10-daqiqasida raqib darvozasi tomoni penalti belgilandi va Jasur Jaloliddinov undan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Birinchi boʻlim toʻliq Oʻzbekiston ustunligida oʻtdi, ammo tadlodagi hisob oʻzgarmadi.

Ikkinchi boʻlimda Timur Kapadze bir nechta oʻzgarish qildi, xususan, zahiradan maydonga tushgan Ulugʻbek Hoshimov 83-daqiqada Husayn Norchayevning pasini golga ayltirdi va Oʻzbekiston terma jamoasining gʻalabasini ta’minladi.

Oʻzbekiston joy olgan “D” guruhidagi ikkinchi bahsda Vyetnam terma jamoasi Quvayt ustida 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va gollar nisbati evaziga guruhda birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi 2-tur uchrashuvini 20-aprel kuni Quvayt terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Bu oʻyindagi gʻalaba muddatidan avval guruh bosqichidan chiqish masalasini hal qilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov, Ibrohimhalil Yoʻldoshev, Hojimat Erkinov kabi yetakchi legioner futbolchilar ham kiritilgan. Ular tez orada klublaridan terma jamoa safiga kelib qoʻshiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur turnir sovrindorlari (1, 2 va 3-oʻrin egalari) toʻgʻridan-toʻg'ri 2024-yilgi Parij Olimpiadasiga yoʻl oladi. 4-oʻrinni qoʻlga kiritgan terma jamoa qit’alararo saralashdan oʻtishi kerak.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ