Oʻzbekiston terma jamoasining JCh uchun libosi taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 56
Oʻzbekiston terma jamoasining JCh uchun libosi taqdim etildi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatida foydalanadigan libosi taqdim etildi. Bu haqda futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, terma jamoa liboslari 7SABER kompaniyasi tomonidan ishlab chaqarilgan milliy mahsulot hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, terma jamoa a’zolari 26-may kuni Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga uchib ketdi.

Avvalroq Milliy jamoaning Jahon chempionati uchun Bek ismli timsoli ham e’lon qilingandi. Shuningdek, futbolchilar parvoz qiladigan yangi dizayndagi samolyot ham taqdim etilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling