2023-yilda Xiaomi`ning qaysi smartfonini sotib olish kerak? Toshkentdagi narxlar va katta tahlil

E’lon qilingan sana· 2 610
2023-yilda Xiaomi`ning qaysi smartfonini sotib olish kerak? Toshkentdagi narxlar va katta tahlil

Xiaomi har yili ko’plab smartfon modellarini chiqaradi. Orasida qiziqarlilari ham, unchalik qiziq emaslari ham bo’ladi. Boshqalarnikidan farq qiladigani ham, raqobatchilarniki bilan ikki tomchi suvdek o’xshashlari ham bor. Bu smartfonlar POCO, Redmi va Xiaomi logotiplari bilan taqdim etiladi. Muharririmiz yangi telefon tanlashda POCO, Redmi va Xiaomi smartfonlaridan qaysilariga e’tibor berish kerakligini tahlil qildi.

Bu yerda keltirilgan qurilmalar narxlar bo’yicha, oshib borishiga qarab tartiblangan. Barcha narxlar maqola e’lon qilingan paytga ko’ra amal qiladi.

Redmi A1+ — foydalanishni boshlash uchun eng qulay smartfon

Bugungi ro’yxatni boshlab beradigan smartfon — Redmi A1+ bo’lib, uning rasmiy narxi ommaga taqdim etilgan vaqtda 80 dollardan oshmas edi.

Gadjet 1600×720 piksel o‘lchamli 6,52 dyuymli IPS displeyga ega. Telefonda uchta kamera moduli mavjud: 8 megapikselli asosiy, 0,08 megapikselli qo’shimcha datchik va 5 megapikselli old kameraga ega. Smartfonda 1080p pikselli sifatda video yozib olish mumkin. Ushbu telefonning yaqqol afzalligi, narxidan tashqari, bu uning akkumulyatoridir. Uning quvvati 5000 mA/soatni tashkil etadi, bu Redmi A1+ dan bir kundan ortiq foydalanish uchun yetarli bo’ladi.

Smartfon Android 12 Go`ning soddalashtirilgan versiyasida ishlaydi, bu esa protsessorga kamroq ish yuklaydi. Telefonning ichida Mediatek Helio A22 chipi mavjud bo’lib, u foydalanuvchini qo’ng’iroqlar va SMS-xabarlar bilan ta’minlaydi. U yordamida barcha kuchli mobil o’yinlarni o’ynay olmaysiz. Qurilmadagi operativ xotira 2 GB, doimiy xotirasi esa 32 GB. Shuning uchun ko’plab ilovalarni yuklab qo’yib, ochiq holda qoldirib bo’lmaydi.

Redmi A1+ telefondan faqat aloqa uchun foydalanishni rejalashtirganlar uchun mo’ljallangan.

Taqdimot sanasi: 2022-yil 22-sentyabr.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 78 dollar (893 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 80 dollar (916 000 so‘m).

Redmi Note 11E Pro — arzon smartfonlar orasida eng yaxshisi

Agar sizga telefon nafaqat aloqa uchun kerak bo’lsa va shu bilan birga minimal byudjetga ega bo’lsangiz, Redmi Note 11E Pro bilan qiziqib ko’ring. U 6,67 dyuymli yaxshi AMOLED ekranga ega, yuqori yangilanish tezligi 120 Gs va yorqinligi yaxshi. Smartfonda to‘rtta kamera mavjud: 108 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli keng burchakli, 2 megapikselli foydasiz makro-datchik va 16 megapikselli old kameraga ega.

Telefonning ichiga Qualcomm Snapdragon 695 chipi o’rnatilgan bo’lib, uning kuch zaxirasi bir necha yilga yetadi. U muhim ilovalarni ishga tushirishni ta’minlay oladi, ammo unda yuqori talabga ega o’yinlarni o’ynab bo’lmaydi. 5000 mA/soat quvvatga ega akkumulyatorni 67 Vt lik quvvat manbai bilan tez zaryadlash mumkin — ular 15 daqiqada 50% gacha quvvatlanishni va’da berishgan.

Redmi Note 11E Pro bola yoki qariya uchun birinchi smartfon sifatida juda mos keladi, ammo o‘smirlar undan foydalanishni xohlashmaydi.

Taqdimot sanasi: 2022-yil 2-mart.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 238 dollar (2 723 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: $220 (2 517 000 so‘m).

Xiaomi 12 Lite — zamonaviy qurilma

So’nggi bir necha yil ichida eng chiroyli Xiaomi smartfonlaridan biri sizni o’zining murakkab dizayni va yaxshi kameralari bilan quvontiradi. U allaqachon ulardan to’rttasiga ega: 108 megapikselli asosiysi, 8 megapikselli keng burchakli va 2 megapikselli makro, shuningdek, 32 megapikselli frontal kamera o’rnatilgan. Telefonning AMOLED ekrani nisbatan ixcham, 6,55 dyuymli va yuqori yangilanish tezligi — 120 Gs.

Zamonaviy Xiaomi 12 Lite ichida 5G`ni qo’llab-quvvatlaydigan va 6 yoki 8 Gb operativ xotiraga ega, juda tez ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 778G chipi bilan jihozlangan. Smartfonning zaif tomoni uning avtonomligidir: korpusning ingichka bo’lishi uchun ichiga atigi 4300 mA/soat sig’imli batareya o’rnatilgan. Shunday bo’lsa, u juda tez zaryadlanadi — va’da qilinishicha, 13 daqiqada 50% gacha quvvat oladi.

Xiaomi 12 Lite — o’ziga mos narxda zamonaviy zamonaviy smartfon qidirayotganlarga manzur bo’ladi.

Taqdimot sanasi: 2022-yil 9-iyul.
Taqdimot kuni rasmiy narxi: 590 dollar (6 751 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 340 dollar (3 890 000 so‘m).

Xiaomi 13 Lite — iPhone 14 Pro uslubidagi tirqishga ega

Xiaomi 12 Lite`ning mafkuraviy vorisi bo’lgan ushbu smartfon brend tomonidan selfi ixlosmandlari uchun zamonaviy yoshlar smartfoni sifatida taqdim etilgan — u ikkita old kameraga ega: 8 megapikselli va keng burchakli 32 megapikselli. Ular iPhone 14 Pro`ning tirqishiga ishora qilgan holda, ekrandagi oval kesmada joylashtirilgan. Orqa panelda uchta kamera mavjud: 50 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli keng burchakli va 2 megapikselli makro.

Uskuna nuqtai nazaridan smartfon hamma tomonlama yaxshi — zamonaviy Qualcomm Snapdragon 7 Gen 1 chipi, 8 Gb operativ xotira va 128 yoki 256 Gb ichki xotira. An’anaga ko’ra, ushbu seriya uchun batareya takomillashtirilgan — uning sig’imi 4500 mA/soat. Akkumulyator 40 daqiqada 100% gacha zaryadlanishi aytilgan.

Xiaomi 13 Lite chayqalishlardan himoyalangan zamonaviy, yupqa korpusli va iPhone stilidagi tirqishli, ikkita old kamerali smartfon sotib olmoqchi bo’lgan har bir kishiga mos keladi.

Taqdimot sanasi: 2023-yil 26-fevral.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 538 dollari (6 156 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narx:i 360 dollar (4 119 000 so‘m).

Redmi Note 12 Discovery — eng tez quvvat oluvchi

Bu telefon birinchi navbatda 210 Vt quvvatli tez zaryadlanish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, u Redmi Note 12 Discovery 9 daqiqada 100 foizgacha quvvatlanishi mumkin. Ammo tez zaryadlash qobiliyati uchun batareyaning umumiy quvvat sig’imi kamaytirilgan va u 4300 mA/soatni tashkil qiladi. Qurilma ichidagi uskunalar bizni tushkunlikka tushirmaydi — u Mediatek Dimensity 1080 chipi, 8 GB operativ xotira va 256 GB ichki xotiraga ega.

Smartfon, shuningdek, 120 Gts yuqori yangilanish tezligi va chayqalishdan himoya qiluvchi yorqin 6,67 dyuymli OLED-displeyga ega. Bundan tashqari, qurilma to‘rtta kameraga ega: unga 200 megapikselli asosiy kameraga, 8 megapikselli keng burchakli, 2 megapikselli makro-datchik va 16 megapikselli old kamera kamera o’rnatilgan.

Redmi Note 12 Discovery qulay narxda eng tez zaryadlanuvchi yaxshi smartfon qidirayotganlarning talabiga javob beradi.

Taqdimot sanasi: 2022-yil 27-oktyabr.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 336 dollar (3 845 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 380 dollar (4 348 000 so‘m).

POCO F5 — o’rtacha narx uchun juda yaxshi ekran

2023-yilning eng qiziqarli va balansga ega smartfonlaridan biri bo’lgan POCO F5, Xitoy bozori uchun chiqarilgan Redmi Note 12 Turbo kloni hisoblanadi. Ammo biz Xiaomi smartfonlarining nomlarni o’zgartirish sabablariga chuqur kirib o’tirmaymiz.

Smartfon birinchi navbatda AMOLED ekran va undagi yupqa hoshiyalar bilan ajralib turadi: tepasi 1,42 mm, yon tomoni 1,95 mm, pastki qismi 2,22 mm. Displey diagonali 6,67 dyuym, o’lchamlari 2400×1080 piksel, yangilanish tezligi 120 Gs va eng yuqori yorqinligi 1000 nit. Telefonda to’rtta kamera mavjud: asosiy kamerasi — 64 megapikselli, keng burchakli — 8 megapikselli, makro — 2 megapikselli va old kamerasi — 16 megapikselli.

Smartfon Qualcomm Snapdragon 7+ Gen 2 chipi bilan jihozlangan. Ichki qismida 67 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 5000 mA/soat akkumulyator mavjud bo‘lib, u 46 daqiqada 100% gacha to‘lishi mumkin.

POCO F5 balansga ega Xiaomi smartfonini qidirayotgan va sotib olgandan keyin ikki yil davomida muammosiz foydalanishni rejalashtirganlar uchun mos keladi. Asosiysi, Xitoy uchun chiqarilgan versiya — Redmi Note 12 Turbo`ni emas, balki xalqaro bozor uchun mo’ljallangan POCO F5`ni sotib olish kerak.

Taqdimot sanasi: 2023-yil 9-may.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 379 dollar (4 337 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 400 dollar (4 577 000 so‘m).

Redmi Note 12 Turbo Garri Potter Edition — ko’ngilga yaqin

Garri Potter franshizasi muxlislari qalbidan albatta joy oladigan smartfon Redmi Note 12 Turbo Harry Potter Edition hisoblanadi. Uning afzalligi shundaki, avval tilga olingan POCO F5 xususiyatlarini to’liq takrorlaydi, dizayn, to’plam va interfeys dizayni bilan farq qiladi.

Smartfonning orqa paneli franshiza atributlaridan iborat maxsus naqsh bilan qoplangan, shuningdek, MIUI 14 “qobig'i” uchun kontent — piktogrammalar, fon rasmlari, shriftlar va animatsiya bilan to’ldirilgan. Maxsus versiya qutisi, stikerlar va Xogvartsga kirishdan oldin yosh sehrgarlarga kelgan narsalarni eslatuvchi xat-xabar bilan kengaytirilgan paketda yetib keladi.

Redmi Note 12 Turbo Harry Potter Edition faqat ingliz yoki xitoy tillarini biladigan haqiqiy Potter muxlislari uchun sotib olishga arziydi — smartfon proshivkasida rus va o‘zbek tillari yo‘q.

Taqdimot sanasi: 2023-yil 28-mart.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 349 dollar (3 993 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 415 dollar (4 749 000 so‘m).

Redmi K50 Gaming Edition — geymerlar uchun

Ro’yxatdagi smartfonlar orasida geymerlar uchun mo’ljallangan birinchi va yagona qurilma — Redmi K50 Gaming Edition hisoblanadi. Bu foydalanuvchiga o’yinlardagi raqiblarga nisbatan ustunlikni ta’minlaydi — chekkalarda jismoniy kalitlarni boshqarish qulayligi bo’lib, bu reaksiya tezligini kamaytiradi. Smartfon OLED-ekranga ega bo’lib, u o’zining xarakteristikalari (6,67 dyuym, 120 Gs, touch 480 Gs) bo’yicha geymerlar uchun juda mos keladi.

O’yin telefonining korpusida katta issiqlik tarqalish maydoni, 8 yoki 12 Gb operativ xotira va 128 yoki 256 Gb ichki xotiraga ega, Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1 chipi mavjud. Avtonomiya uchun javob beradigan 4700 mA/soat akkumulyator 17 daqiqada 100% zaryadlanishi mumkin. Shuningdek, JBL stereo dinamiklari va ekran ostidagi barmoq izlari skaneri mavjud. To’rtta kameraga ega: 64 megapikselli asosiy, 8 megapikselli keng burchakli, 2 megapikselli makro va 20 megapikselli old kamera.

Redmi K50 Gaming Edition nafaqat o’yin o’ynashni yaxshi ko’radigan bola yoki o’smir, balki katta yoshli geymerlar uchun ham juda mos keladi.

Taqdimot sanasi: 2022-yil 16-fevral.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 463 dollar (5 298 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 530 dollar (6 064 000 so‘m).

Xiaomi 13 — ixcham flagman

Ushbu material yozilish paytidagi eng zamonaviy ixcham flagman — ortiqcha uzun nomlarsiz Xiaomi 13 smartfonidir. Zamonaviyligiga kelsak, ekran kichik — 6,36 dyuymli, 2400×1080 pikselli, chastotasi 120 Gs va yorqinligi 1900 nit gacha. Ichki qismida Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 chipi va 38 daqiqada 100% zaryadlanishi mumkin bo’lgan munosib o’lchamdagi 4500 mA/soat quvvatli akkumulyator mavjud. Bundan tashqari, simsiz zaryadlash va boshqa gadjetlarni zaryadlash imkoniyati mavjud.

Qurilmaning ikkinchi afzalligi, ixchamligidan tashqari, mashhur Leica brendi bilan hamkorlikda yaratilgan kamera tizimidir. Shunisi e’tiborga loyiqki, dxomark.com sayti mutaxassislari Xiaomi 13`ning foto va video imkoniyatlarini 130 ballga baholadi — bu iPhone 12 Pro Max va Galaxy S22 Ultra bilan bir darajaga ega deganidir. Telefonda to’rtta kamera mavjud: 50 megapikselli asosiy kamera, 3,2x optik zumli telefoto, 12 megapikselli keng burchakli kamera va 32 megapikselli frontal kameraga ega. Qurilma sekundiga 24 kadr tezlikda 8K formatda video yozib olishi mumkin.

Xiaomi 13 yaxshi kameralarga ega ixcham, kuchli flagmanga muhtoj bo’lganlar uchun ideal tanlov.

Taqdimot sanasi: 2022-yil 11-dekabr.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 561 dollar (6 419 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 680 dollar (7 780 000 so‘m).

Xiaomi MIX 4 — ko’rinmas old kameraga ega smartfon

Xiaomi MIX 4 ushbu ro’yxatdagi “eng qadimgi” smartfon bo‘lishiga qaramay — u 2021-yil avgust oyida taqdim etilgan edi, bu qiziqarli qurilma unga hech bo’lmaganda e’tibor qaratishga arziydi. Qizig’i shundaki, uning old kamerasi tom ma’noda ko’rinmas. 20 megapikselli selfi kamerasi 2400×1080 o‘lchamli va 120 Gs chastotali 6,67 dyuymli AMOLED displey ostida joylashtirilgan. Orqa panelda uchta kamera mavjud: 108 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli 5x zumga ega periskop va 13 megapikselli keng burchakli kameraga ega.

Qurilma ichida Qualcomm Snapdragon 888+ chipi, 8 yoki 12 Gb operativ xotira va 128, 256 yoki 512 Gb ichki xotira mavjud. 4500 mA/soat sig‘imli akkumulyator 15 daqiqada 100 foizgacha quvvatlana oladi. Shuningdek, simsiz zaryadlash imkoniyati ham mavjud bo‘lib, u 28 daqiqada 100% gacha quvvat to‘ldirishi mumkin.

Xiaomi MIX 4 katta displeyli smartfon ishlatishni xohlaydigan har bir kishi uchun mos keladi.

Taqdimot sanasi: 2021-yil 10-avgust.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 700 dollar (8 009 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 760 dollar (8 696 000 so‘m).

Xiaomi 13 Ultra — kompaniyaning eng yaxshi kamerali smartfoni

Aynan ushbu qurilma, ishlab chiqaruvchining fikriga ko’ra, Leica foto brendi bilan kelishuv imkoniyatlarini ochib berishga mo’ljallangan bo’lib, unga Summicron optikasi o’rnatilgan va shusiz ham ilg’or apparat tarkibini Sony IMX989 dyuymli sensori, 50 megapikselli va o’zgaruvchan diafragma, shuningdek, bir xil o’lchamdagi uchta Sony IMX858 linzalari bilan ta’minlaydi.

Ichki qismida zamonaviy Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 chipi, 12 yoki 16 GB operativ xotira va 256,512 GB yoki 1 TB ichki xotira mavjud. 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator 35 daqiqada sim orqali, 49 daqiqada simsiz quvvatlagich yordamida 100% gacha zaryadlana oladi, va shuningdek, boshqa gadjetlarni ham quvvatlay oladi. Shu bilan birga, qurilma IP68 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan, bu esa u bilan 30 daqiqa davomida 1,5 metrgacha chuqurlikka sho’ng’ish imkonini beradi.

Xiaomi 13 Ultra flagman kamerofoni eng qiyin ssenariylarda ham yuqori sifatli foto va video suratga olish uchun mo’ljallangan.

Taqdimot sanasi: 2023-yil 18-aprel.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 840 dollar (9 611 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 950 dollar (10 870 000 so‘m).

Xiaomi MIX Fold 2 — buklanadigan, ajoyib kamerali va yupqa korpusli

Taqdimot paytida Xiaomi kompaniyaning ikkinchi buklanadigan smartfoni raqobatchilar orasida eng yupqasi ekanligini g‘urur bilan e’lon qildi — ochilganda uning qalinligi bor-yo‘g‘i 5,4 millimetrni, yopiq holatda esa 11,2 millimetrni tashkil qiladi. Qurilma ikkita: 8,02 dyuymli, ichki diagonali 2160×1914 pikselli, tasvirni yangilash tezligi 120 Gs bo’lgan va tashqi diagonali 6,56 dyuymli, diagonali 2520×1080 pikselli, chastotasi 120 Gs bo’lgan ekranlar bilan jihozlangan.

Telefon kameralari Leica brendi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ularning soni to’rtta: 50 megapikselli asosiy kamera, 13 megapikselli keng burchakli, 8 megapikselli telefoto va 20 megapikselli frontal kameralar bilan johozlangan. Smartfon ichida Snapdragon 8+ Gen 1 chipi va 12 Gb operativ xotira mavjud. 4500 mA/soat sig‘imli akkumulyator esa 40 daqiqada 100 foizgacha quvvatlana oladi.

Xiaomi MIX Fold 2 yaxshi kameralar va ekranlarga ega bozordagi eng yaxshi, buklanadigan smartfondan bahramand bo’lishni istaganlar uchun mos keladi.

Taqdimot sanasi: 2022-yil 11-avgust.
Taqdimot kunidagi rasmiy narxi: 1 260 dollar (14 416 000 so‘m).
Toshkentdagi minimal narxi: 1 475 dollar (16 876 000 so‘m).


Barcha narxlar 2023-yil 12-iyundagi valyuta kursi bo‘yicha ko‘rsatilgan va material e’lon qilingan paytga ko’ra amal qiladi.

Nikita Davidov
Muallif
Nikita Davidov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ