Nothing ChatGPT ulangan quloqchinlarni taqdim qildi

E’lon qilingan sana· 185
Nothing ChatGPT ulangan quloqchinlarni taqdim qildi

“One plus” brendi asoschisi Karl Pey kompaniyasi “Nothing Ear” va “Ear” (a) quloqchinlarini taqdim etdi. Yangi mahsulotlar ChatGPT bilan integratsiya qilingan boʻlib, chat-botda ovozli soʻrovlar qilish mumkin, lekin faqatgina qurilma Nothing smartfoniga ulangan holatda.

“Qayerda boʻlsangiz ham ChatGPT’dan soʻrang, tinglang va oʻrganing. Bu Nothing ekotizimi uchun ishlab chiqilgan birinchi integratsiya. Faqat Nothing telefonlariga ulangan holda, Nothing quloqchinlarida”, — deyiladi kompaniya eʼlonida.

“Nothing Ear” korpusda va quloqchinlardagi oʻzining “shaffof” dizaynini saqlab qoldi. Gadjetni qora va oq ranglarda sotib olish mumkin. Korpus va naushniklar uchun himoya klassi — IP54/IP55. Shovqinni 45 dB’gacha kamaytirish mumkin. “Adaptive ANC” rejimi mavjud boʻlib, unda gadjet shovqinini kamaytirishning uchta darajasi avtomatik ravishda almashishi mumkin.

Ovoz keramik diafragma bilan 11 mm dinamiklar tomonidan ta’minlanadi. Quloqchinlar Hi-Res Audio sertifikatidan oʻtgan va LDAC va LDHC 5.0 kodeklari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Ulanish Bluetooth 5.3 orqali amalga oshiriladi, Google Fast Pair va Microsoft Swift Pair ham bor, shuningdek, ikkita qurilma bilan ishlash imkoniyati mavjud.

“Nothing Ear” avtonomiyasi 8,5 soat yoki keys bilan 40,5 soatni tashkil qiladi. Quloqchinlar 2,5 Vtgacha simsiz zaryadlash bilan quvvatlanadi. Gadjetning Yevropadagi narxi 138 dollar (1 749 000 so‘m).

“Nothing Ear (a)” qora, oq va sariq ranglarda taqdim etilgan. Quloqchinlarda 11 mm dinamik drayverlar (keramika diafragmasiz), ANC (45 dB gacha), LDAC, basni kuchaytirish algoritmi va IP54/IPX2 standartlariga muvofiq himoya mavjud.

Quloqchinlar 9,5 soat davomida, korpus bilan esa 42,5 soat davomida ishlaydi. Qurilmaning Yevropadagi rasmiy narxi — 106 dollar (1 341 000 soʻm).

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ