DevFest Tashkent 2025

Milliy kino san’ati saroyida “GDG Tashkent” tomonidan yirik texnologik festival — DevFest 2025 tashkil etiladi.
Dasturdan xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari, amaliy workshop’lar va IT kelajagi bo‘yicha muhokamalar o‘rin oladi. Bu festivalda 2 mingdan ortiq ishtirokchi, shuningdek, Google, Yandex, TikTok, Pinterest, Bank of America kabi kompaniyalardan 13 nafar xalqaro spiker tashrif buyurishi kutilmoqda.
Dasturdan:
- keynote-sessiyalar;
- AI, Cloud / DevOps va Mobile / Web bo‘yicha parallel treklar;
- Vertex AI, Firebase va Flutter bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar oʻrin olgan.
Dastur IT sohasiga ilk qadam qo‘yayotganlar uchun ham, tajribali mutaxassislar uchun toʻgʻri kelishi mumkin. Tashrif buyuruvchilarni 10 dan ortiq kompaniyalar ishtirokidagi faol Expo-zona hamda 15 dan ortiq amaliy workshoplar’dan iborat dastur kutadi.
Tadbirning asosiy tili ingliz tili hisoblanadi. Ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi, o‘rinlar soni cheklangan.