Milliy teatr va Navoiy nomidagi DAKTda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 1 406
Milliy teatr va Navoiy nomidagi DAKTda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi

Navro‘z bayrami va Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Milliy teatr va Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida 21−27-mart va 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi. Bu haqda teatrlar matbuot xizmati xabar berdi.

Teatrlarga kirish barcha uchun bepul bo‘ladi (Milliy teatrga kirishda taklifnoma olish kerak bo‘ladi, bu ham tekin).

Ochiq eshiklar kuni dasturidan quyidagilar o‘rin olgan:

Milliy teatr:

  • 21-mart — “Usmon Nosir” spektakli;
  • 22-mart — “Usmon Nosir” spektakli;
  • 23-mart — “Taqdir sinovlari” spektakli;
  • 24-mart — “Sadoqat bilan…” spektakli;
  • 26-mart — “Yulduzli tunlar” spektakli;
  • 27-mart — “Yulduzli tunlar” spektakli.

Navoiy nomidagi DAKT:

  • 22-mart — “Uch tenor” italyan musiqasi kechasi;
  • 23-mart — Juzeppe Verdining “Aida” operasi;
  • 24-mart — Rustam Abdullayevning “Sadoqat” operasi.

Ikkila teatrda ham spektakllar 18:00 da boshlanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ