Oʻzbekistonda ilk marotaba IT'ga bagʻishlangan teatr festivali boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 1 134
Oʻzbekistonda ilk marotaba IT'ga bagʻishlangan teatr festivali boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri hamkorligida 25−30 aprel kunlari “XXI asr bolalari” birinchi xalqaro bolalar teatrlari va IT festivali boʻlib oʻtadi.

Mazkur festivalni o‘tkazishdan maqsad madaniyat va IT sohalarini birlashtirish, kelajak avlod tarbiyasi va shaxs kamolotida ijodiy salohiyatni rivojlantirishdan iborat.

Festivalda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Belarus, Kipr, Qalmog‘iston Respublikasi (Rossiya) davlatlaridan 60 ga yaqin ijodkor ishtirok etadi. Dasturdan rasmiy ochilish marosimi, OAV ishtirokida xalqaro matbuot anjumani, IT mavzusiga bag‘ishlangan spektakllar namoyishlari, ijodiy davra suhbatlari, fotosessiyalar o‘rin olgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ