Quyoshda so‘nggi 7 yildagi eng kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 227
Quyoshda so‘nggi 7 yildagi eng kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

22-fevraldan 23-fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 23:00 dan 00:00 gacha Quyosh siklidagi eng yirik chaqnashlardan biri sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari institutining quyosh astronomiyasi laboratoriyasiga tayanib “РИА Новости” xabar berdi.

24 soat ichida Quyoshda bir nechta chaqnashlar qayd etilgan, ularning eng kuchlisi X6.3 bo‘ldi. Bu 2017-yildan beri eng kuchli chaqnash hisoblanadi. Yer yuzida hayot va infratuzilma uchun hech qanday xavf yo‘q.

“Quyoshdan qayd etilgan radiatsiya oqimlari kvadrat kilometrga taxminan bir kilovattni tashkil etdi, bu zamonaviy tarixda qayd etilgan rekord darajadan atigi ikki-uch baravar past”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, plazma bulutlarining Yerga qarab harakatlanishi tasdiqlansa, ularning sayyora orbitasiga yetib kelishi va shunga mos ravishda magnit maydoniga ta’sir 25-fevral, yakshanba kuni sodir bo‘lishi mumkin. Bu holda magnit bo‘ronlari G4 darajasiga yetishi mumkin (eng yuqori ko‘rsatkich — G5).

Ma’lumot uchun, Quyosh sikli taxminan 12 yil davom etadi, bu davrda quyosh faolligi zaiflashishi yoki kuchayishi mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ