Ozodbek Nazarbekovning "Uygʻon oʻgʻlim" nomli yangi musiqiy videoklipi premyera qilindi

Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov muallifligidagi “Uyg‘on o‘g‘lim” nomli klip premyera qilindi. Videoklip sun’iy intelekt orqali ishlangan boʻlib, unda Amir Temur, Al Xorazmiy va jadidchi ulamolar kabi tarixiy shaxslar koʻrinishlari jonlantirilgan.
“Klipda bugungi yoshlarimizning zamon bilan hamnafas bo‘lishlari bilan birgalikda buyuk ajdodlarimizni, ularning hayoti va faoliyatini, o‘z ildizlarini unutmasliklari haqidadir” — deya takidlangan.
Mazmun jihatidan qo‘shiq milliy ruh, g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan. Gʻoya muallifi va rejissor Rauf Nabiyev, she’r muallifi Botir Ergashev va bastakor Abzal Xusanovlar boʻlishgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangani haqida xabar berilgan edi.
Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" unvoni bilan taqdirlandi
Prezident mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan bir qator ijodkorlarni taqdirladi. Unga koʻra, aktrisa Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidovlar "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, sohaning boshqa taniqli vakillari ham turli mukofotlar qabul qilib oladigan boʻldi.